So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

20 apr 16:31
Yangiliklar

Gandbol

“Surxon Arena”da yosh gandbolchilar bellashdi + FOTO

Teglar :  GandbolSurxondaryo
Termiz shahridagi “Surxon Arena” sport majmuasida gandbol bo'yicha U-18 qizlar va yoshlar jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Gandbol federaciyasining bu yilgi sport musobaqalari taqvimidan o'rin olgan mamlakat birinchiligi 12-19 aprel kunlari tashkil etilib, unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining 13 ta yoshlar va 12 ta qizlar jamoalari g'oliblik yo'lida o'zaro bahs olib borishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, yoshlar birinchiligida Toshkent shahri terma jamoasi O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Surxondaryo viloyati gandbolchilari egallagan bo'lishsa, faxrli uchinchi o'rin andijonlik yoshlarga nasib etdi.

Qizlar musobaqasida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ROPSTTM) jamoasi shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarildi. Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, Surxondaryo viloyati jamoasi uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

CHempionatning taqdirlash marosimida qatnashgan Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i Bekzod Turaboev, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bosh mutaxassisi Saidxon Boyxo'jaev, SO'TEAISM direktori SHuhrat Aliqulov va boshqalar g'olib va sovrindor sportchilarni qutlab, ularga tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar topshirishdi.

Ikrom XUDAYBERGANOV, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi azosi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing