So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

31 okt 13:20
Yangiliklar

Kurash, SHaxmat, Voleybol, Stol tennisi

FOTO. CHirchiq shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi bosqichida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Besh tashabbus
"Besh tashabbus olimpiadasi" mamlakatimizning barcha hududlarida bo'lgani kabi CHirchiq shahrida ham yoshlar o'rtasida zo'r ishtiyoq bilan o'tkazilmoqda.

Xususan, joriy yil 18 oktyabrdan 29 oktyabrga qadar CHirchiq shahridagi talim muassasalarida "Besh tashabbus olimpiadasi" dasturidan o'rin olgan mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, engil atletika, stritbol, kurash, "street workout" bo'yicha ikkinchi mavsum, yani sektorlaro shahar bosqichi musobaqalari bo'lib o'tdi. CHirchiq shahar Sportni rivojlantirish bo'limi va sport maktabi,  Yoshlar ishlari agentligi  CHirchiq shahar bo'limi hamda boshqa masul tashkilotlar hamkorligidagi bellashuvlar natijalariga ko'ra, "street workout" bo'yicha "Haydar Maqsudov" "Navro'z"," Bahor", "Lola"," Iqbol" nomli mahalla yoshlari etakchilik qilishdi. Stol tennisi bahslarida "Ahmad Yassaviy" hamda "Lola" MFY jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Stritbol musobaqasida uchinchi sektordagi "Bahor" MFY ning 16-21 yoshli o'g'il bolalar jamoasi, engil atletikadan xuddi shu yosh toifasida qizlar jamoasi faxrli birinchi o'rinlarni band etib, viloyat bosqichiga chiqishdi. Engil atletika bahslarining 21-27 yoshli xotin-qizlar o'rtasida to'rtinchi sektorda joylashgan "Tinchlik" MFY jamoasi ham marrani birinchilardan bo'lib zabt etib,keyingi bosqich yo'llanmasini  naqd  qilishdi. SHaxmat musobaqalarida yosh toifalariga ko'ra, Mehriddin Sultonov, Asadbek  Obidov, Ulug'bek Tursuatov, Go'zal Gulmetova, Sevinch Mo'minova, shashkada Samandar Nishonboev, Said Nuzurmetov, Altinbek Sobirov, Baxtiyor Rasulov, Albina Adashboeva, SHahzoda SHermuhammedova, Kamola Yuldoshevalar barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi bo'lishdi. SHu tariqa "Besh tashabbus olimpiadasi" dasturidagi sport turlari bo'yicha shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi












Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing