So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

05 noy 13:17
Yangiliklar

Gandbol

Gandbol murabbiylari uchun seminar

Teglar :  GandbolSeminar
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda hududlardagi murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha bir qator dasturlar olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoa murabbiylari ishtirokida joylardagi murabbiylar uchun tashkil qilinayotgan onlayn seminarlardir. Bugun gandbol bo'yicha o'tkazilgan tadbirda katta tajribaga ega terma jamoa mutaxassislari viloyatlardagi 10 nafardan ortiq trenerlarga o'z bilimlarini ulashdi.

Seminarni tajribali mutaxassis Ulug'bek Ikramov olib bordi. Murabbiy o'z taqdimotida videomateriallardan keng foydalandi va zamonaviy gandbolda hujum va himoyadagi taktik yondashuvlar, metodikalar haqida atroflicha gapirib berdi. Tadbir davomida O'zbekiston gandbol federaciya bosh kotibi Ismoil Matxalikov so'z olib, bu kabi seminarlarning ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Butun dunyoda murakkab koronavirus inqirozi yuz berayotgan bir payt bo'lishiga qaramasdan hukumatimiz sport sohasini ham qo'llab-quvvatlamoqda. Davlatimiz tomondan yanada rivojlanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilyapti. Biz bunga faqat o'z g'alabalarimiz bilan javob berishimiz lozim. Gandbolda yoshlarimiz bilan katta yutuqlarga erishdik. Ana endi asosiy terma jamoalar bilan ham yangi marralarni zabt etish kerak. Bu kabi seminarlarning tashkil qilinishi murabbiylar uchun juda ham foydali. Kelajakda mutaxassislarning tajribasini oshirish uchun onlayn va oflayn seminarlarni yanada ko'paytirishga harakat qilamiz”, – dedi Ismoil Matxalikov.

Tadbir davomida ishtirokchilar turli mavzularda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing