So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

18 iyu 12:45
Yangiliklar

Gandbol

Gandbol: O'zbekiston chempioni AGMK jamoasi OCHLda qatnashmoqda, ammo...

Teglar :  Gandbol
SHu kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahri gandbol bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasida 23-bor o'tkazilayotgan Osiyo CHempionlar ligasiga mezbonlik qilyapti.

 Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini AGMK jamoasi himoya qilmoqda.


Musobaqada jami 11ta klub ishtirok etish istagini bildirishgan va Jiddaga etib kelgan. Tashkilotchilar tomonidan jamoalar qura yordamiga ikkita guruhga taqsimlanishdi.


“A” guruhi: “Al-Arabi” (Qatar), “Kazerun” (Eron), “Al-Salmiya” (Quvayt), “Mudhar” (Bahrayn), “Al-Najma” (Saudiya Arabistoni).


“B” guruhi: “Al-Vehda” (Saudiya Arabistoni), AGMK (O'zbekiston), “Al-Qatten” (Yaman), “Mes Kermon” (Eron), “Al-Duxayl” (Qatar), “Al-Quvayt” (Quvayt).


Mamlakatimizning amaldagi chempioni AGMK jamoasi musobaqaning dastlabki kunida Qatarning “Al-Duxayl” jamoasiga o'yinni boy berishgan bo'lsa, 2-turda Yaman davlati chempioni “Al-Qatten” gandbolchilarini 38-26 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Quvonarlisi, mazkur uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi, deb terma jamoamiz azosi Muxtor To'liboev topildi.


Biroq, keyingi turda vakillarimiz Quvayt chempioni “Al-Quvayt”ga qarshi parketga tushdi va imkoniyatni boy berdi.


Ertaga, 17 iyun kuni AGMK gandbolchilari Saudiya Arabistonining “Al-Vehda” jamoasi bilan kuch sinashadi. Guruhdagi so'nggi o'yinda olmaliqlik gandbolchilar Eron chempioni “mes Kermon”ga qarshi parketga tushadi. Mana shu ikki o'yinda qozonilajak g'alaba vakillarimiz uchun keyingi bosqich eshiklarini ochishi mumkin. Bu yo'lda ularga omad tilaymiz.


SHunindek, musobaqada xalqaro toifadagi hakamlar, samarqandlik aka-uka Hasan va Xusan Ismoilovlar ham faoliyat ko'rsatmoqda. Ular Osiyo gandbol federaciyasi hakamlar hayati tarkibiga kiritilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing