So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

27 avg 14:27
Yangiliklar

Gandbol

Gandbolning rivojlanishi yo'lidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

Teglar :  Gandbol
Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda sport o'yinlarini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqilishi ustida ish olib borilmoqda.

SHu sababdan, kecha Respublikamizda gandbol sport turini rivojlantirish va aholi o'rtasida keng ommalashtirish yuzasidan mutasaddilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Videokonferenciya shaklida o'tkazilgan yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov va Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ishtirok etdi. Yig'ilishda gandbolning rivoji yo'lida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Masullar Respublikamiz bo'ylab har bir o'quv muassasalarida sport zallari, mahallalarda, chekka qishloqlarda o'yin maydonchalari mavjud bo'lsada, lekin joylarda gandbol bo'yicha sport inventarlariga ehtiyoj katta ekanligini qayd etishdi.

Hozirgi kunda ushbu sport turi bilan 721 nafar murabbiy va 100 mingdan ortiq sportchilar shug'ullanadi. Ammo ularning bor yo'g'i 300 nafarigina professional tarzda mashg'ulotlar olib bormoqda. SHu tufayli turli yoshdagi terma jamoalarda raqobat keskin past ekanligi va shunga monand ravishda ularning xalqaro maydonlardagi natijalari ham maqtanishga arzigulik emas.

Yig'ilish davomida terma jamoalarning yaxshi natijalarga erishishida sportchilarga etarli sharoit yaratib berish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. SHuningdek, mutasaddilar tomonidan gandbol sport turi bo'yicha jahon standartlari talabiga javob bera oladigan baza tashkil etish masalasi ham o'rtaga tashlandi.

Yig'ilishda gandbolning ommaviyligini yanada rivojlantirish, uning tomoshabopligi va homiylarini shakllantirish zaruriyati, erkaklar, ayollar, talabalar va bolalar ligalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, barcha yoshdagi terma jamoalarning murabbiylar shtabiga selekciya ishlariga etibor qaratish, yil yakuni bo'yicha Bosh murabbiylar faoliyatiga alohida baho berilishi kabi vazifalar belgilab olindi.

Gandbolchilarning o'yin amalaiyotini oshirish borasida umumtalim va oliy o'quv yurtlari o'rtasida turli darajadagi musobaqalar sonini ko'paytirish lozimligi qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing