So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

16 avg 22:48
Yangiliklar

Boshqalar

Islom birdamligi o'yinlari. Dzyudo va qilichbozlikda oltinlarga ega chiqdik (16 avgust kungi natijalar)

Turkiyadagi Islom birdamligi o'yinlari o'z nihoyasiga etib bormoqda.

Bugun kun davomida musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizning natijalarini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 


SAHIFANI YANGILASH


Qilichbozlik. Rapira yo'nalishidagi jamoaviy bahslarda yigitlarimiz Turkiyaga qarshi final uchrashuvini olib borishdi. Muhammadyusuf Asranov, Ilyas Molina, Ahmadilloxon Solixojievdan iborat tarkibimiz mezbonlarga qarshi bahsda xarakter ko'rsatishdi va 45:36 hisobida g'alaba qozonishdi! OLTIN!


Qilichbozlik. Rapira yo'nalishida yigitlarimiz mezbon Turkiyaga qarshi final uchrashuvini o'tkazishmoqda.


Suzish. 100 metrga brass usulida suzish bahslarida Vladislav Mustafin finishga to'rtinchi bo'lib keldi. Medalga ozgina etmadi, afsus. Qolgan suzuvchilarimiz hozircha medalga yaqin kela olishmadi. 


Qilichbozlik (shpaga). SHahzoda Egamberdieva finalda turkiyalik raqibga yutqazdi va kumush medalga sazovor bo'ldi. 


Qilichbozlik (sablya). Musa Almuratov yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi. 


Kikboksing. Nazarbek Mahmudov finalga yo'l oldi!


Dzyudo. +100 kg vaznli Alisher Yusupov finalda BAA vakili Magomedumar Magomedumarovga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi. Kumush!


Dzyudo. Bizda navbatdagi oltin! Rio-2016 finalchisi ozarbayjonlik Elmar Gasimovni mag'lubiyatga uchratgan Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) V Islom birdamligi o'yinlari chempioniga aylandi. Buning uchun 1 daqiqayu 8 soniya kifoya qildi!!!


Qilichbozlik (shpaga). SHahzoda Egamberdieva qirg'izistonlik raqibasini mag'lub etib, finalga yo'l oldi! Endi u finalda Turkiya vakilasiga qarshi bahs olib boradi. 


Dzyudo. SHirinjon Yo'ldosheva bronza uchun bahsda marokashlik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 


Dzyudo. Davlat Bobonov livanlik raqibidan ustun keldi va bronza medalini delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi. 


Dzyudo. Gulnoza Matniyazovada oltin! U finalda tunislik raqibasidan ustun keldi!


Kikboks. Husanxon Baratov va Nurbek Urishbaev o'z raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.  


Dzyudo. SHohista Nazarova (-70 kg) eronlik raqibasini mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 


Qilichbozlik. Ushbu sport turida sportchilarimizni 2 ta yarim final va 1 ta final kutmoqda.

Yarim finallar

SHpaga. Ayollar 18:30

Egamberdieva SHaxzoda-Kamila Adil Xamitova (Qirg'iziston)


Sablya. Erkaklar 19:05

Almuratov Musa - Yildirim Enver (Turkiya)


Jamoaviy. Final.

Rapira. 21:10

O'zbekiston-Turkiya


Dzyudo. SHarofiddin Boltaboev ozarbayjonlik raqibini mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi!


Qilichbozlik (sablya). Musa Aytmuradov birinchi bosqichda g'alaba qozondi. SHerzod Mamutov va Zuhriddin Qodirov esa afsuski, ilk bosqichdayoq mag'lub bo'lishdi.

Dzyudo. Davlat Bobonov tojikistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi va bronza uchun jang qilish imkoniga ega bo'ldi. SHarofiddin Boltaboev ham o'tish jangida marokashlik raqibini yutdi. Endi u ham kechki dasturda bronza uchun kurashadi. 


Dzyudo. Alisher Yusupov bahraynlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi! Gulnoza Matniyazova ham yarim finalda eronlik raqibasidan ustun keldi va finalga chiqdi. 


Dzyudo. To'raboev tojikistonlik raqibini 30 soniyada ippon evaziga mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. SHarofiddin Boltaboev esa imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza uchun kurashadi.


Dzyudo. Afsuski Davlat Bobonov va SHohista Nazarova yutqazib qo'ydi. Endi ular bronza uchun kurashni davom ettirishadi. 


Dzyudo. Ozarbayjonlik raqibasini taslim etgan Gulnoza Matniyazova yarim finalga yo'l oldi


Dzyudo. Alisher Yusupov ozarbayjonlik, SHarofiddin Boltaboev turkmanistonlik raqibini engdi


Dzyudo. Muzaffar To'raboev qirg'izistonlik raqibini mag'lubiyaga uchratdi.


Dzyudo. Eronlik raqibasidan ustun kelgan SHohista Nazarova ham (-78 kg) g'alaba bilan boshladi


Dzyudo. Davlat Bobonov ilk davrada qozog'istonlik raqibini vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.


Kikbokschilarimiz bahslarga kirishishgan. Jamoliddin Nosirov, Faxriddin Eminov g'alabaga erishib, keyingi bosqichga yo'l oldi. 


Kun boshlanishi oldidan O'zbekiston terma jamoasi azolari 40 ta oltin, 28 ta kumush va 44 ta bronza medallariga ega bo'lib turishibdi (medallar jadvali). Umid qilamizki, bugun oltin medallarimiz soni yanada ortadi. 


Bugun quyidagi sportchilarimiz musobaqada ishtirok etadilar: 

Dzyudo: SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Davlat Bobonov (-90 kg), Muzaffar To'raboev (-100 kg), Alisher Yusupov (+100 kg), Farangiz Xolmuratova (-70 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg), SHirinjon Yo'ldosheva (-78 kg)

Basketbol 3x3, chorak final: O'zbekiston – Eron

Qilichbozlik: Veronika Rojkova, Sevara Rahimova, Dilnaz Murtazaeva, Marjona Zubaydulloeva (yakkalik shpaga), Islambek Abdazov, Musa Aytmuradov, Zuhriddin Qodirov, SHerzod Mamutov (yakkalik sablya), Muhammad Yusuf Asranov, Ilyas Molina, Doniyor Sadullaev, Ahmadilloxon Solixo'jaev (jamoaviy rapira)

Suzish: Xurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko (100 m erkin), Vladislav Mustafin, Iskandar Sadullaev (100 m brass), Olimjon Odilov (800 m erkin, 100 m brass), Egor Petryakov (200 m batterflyay), Ulyana Nazmutdinova (50 m chalqancha), 4x100 m erkin suzishda ayollar estafetasi, Alyona Vasileva (50 m chalqancha), Afsona Niyazova (200 m erkin), Sitora Odilova (100 m brass), Mixail Kleshko (50 m chalqancha)

Kamondan otish: Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, CHen Yao Yuy

Ananaviy turk kamoni: Dilnoza Ahmadjonova, Flyura Raimbekova, Yusuf Ahmadjonov, Abbosjon Minavarov

Kikboksing: Nazarbek Mahmudov (-51 kg loukik), Bekzod Nasriddinov (-63.5 kg loukik), Husanjon Baratov (+91 kg loukik), Hasanjon Baratov (-91 kg fulkontakt), Guljahon Nurmatova (-52 kg loukik), Dostonbek Ilashev (-63.5 kg loukik), Jamoliddin Nosirov (-71 kg fulkontakt), Mirzakarim Mirzaev (-57 kg loukik), Mavlonbek Muhammadjonov (-54 fulkontakt), Navro'z Jumanazarov (-67 kg loukik), Nurbek Urushboev (-81 kg loukik), Nodir Ernazarov (-60 kg loukik), Saidmurod Hasanov (-71 kg loukik), Temurbek Xolmatov (-75 kg loukik), Faxriddin Eminov (-67 kg fulkontakt), SHahnoza Sodiqova (-65 kg loukik).

Reyting:    

Fikrlar

   
16 avg 19:33:25
Inomjon Boltayev
Muzzafar da oltin
   
16 avg 15:40:53
Zulmatni Tarketib
Ютуб дан
   
16 avg 15:39:24
Zulmatni Tarketib
Шерали Бобоев хам тожикка ютқазди.
   
16 avg 15:26:04
Тож
Iskandar_07 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nega sekin ishlayapsila kik-boksda sportchilarimiz g'alaba qozonganiga 1 soat bo'ldi ammo saytda hali ham yo'q.
Қаердан кўряпсизлар?
   
16 avg 15:19:33
Zulmatni Tarketib
Давлат Бобоев ва Гулнора Матниязова ютқазиб бўлди,қачонлар
   
16 avg 15:10:21
Iskandar_07
Nega sekin ishlayapsila kik-boksda sportchilarimiz g'alaba qozonganiga 1 soat bo'ldi ammo saytda hali ham yo'q.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing