So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

16 noy 18:37
Yangiliklar

Voleybol

Jizzax viloyati vakillari musobaqa g'olibi

Teglar :  Voleybol
Namanganda O'zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va muassasalardagi azolari o'rtasida voleybol bo'yicha “Yoshlar” oltin to'pi” musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqa O'zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat, Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi kengashi, “Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O'zbekiston voleybol federaciyasi hamkorligida “O'zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturi” doirasida tashkil etildi.

Unda musobaqaning Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida bo'lib o'tgan mintaqaviy bosqichlarida g'olib bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot tumanidagi “Qo'ng'irot soda zavodi”, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi 20-umumtalim maktabi, Jizzax viloyatining Zarbdor, Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on tumanlaridagi bolalar va o'smirlar sport maktablari jamoalari mutloq g'oliblik uchun o'zaro bahslashdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra, shohsupaning eng yuqori pog'onasini jizzaxlik sportchilar egalladi. Ikkinchi o'ringa Namangan viloyati, uchinchi o'ringa Qoraqalpog'iston Respublikasi voleybolchilari sazovor bo'ldi.

G'olib va sovrindor jamoalarga O'zbekiston yoshlar ittifoqining kubogi, diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing