So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

10 mar 07:43
Yangiliklar

Voleybol

Navoiyda O'zbekiston chempionati boshlandi, ishtirokchilar orasida Milliy gvardiya jamoasi ham bor

Teglar :  VoleybolNavoiy
Navoiy shahrida voleybol bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasida O'zbekiston XXIX milliy chempionatining 1-tur o'yinlariga start berildi.

Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tayotgan bahslarda bir qator yangi jamoalar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Toshkent davlat transport universitetining “Transportchilar” jamoalari musobaqada debyut qilishyapti.

Biroq, so'nggi yillarda mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biriga aylangan, xususan OTMK, “O'ztelekom” kabi nomdor klublarimizga munosib raqobat taqdim etayotgan “Orient” jamoasining bu yilgi chempionatda ishtirok etmayotgani ko'ngilni xira qiladi.

29-bor o'tkazilayotgan mamlakat chempionatida quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda:

“Jizzax davlat pedagogika instituti-Ziyokor” (Jizzax), Qo'qon davlat pedagogika instituti (Qo'qon), Qoraqalpog'iston Respublikasi (Nukus), Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati (Olmaliq), “Navoiy davlat pedagogika instituti-Olimp” (Navoiy), Mudofaa vazirligi (Toshkent), Milliy gvardiya (Toshkent), “O'ztelekom” (Samarqand), “Transportchilar” (Toshkent), “Navoiy tog'-metallurgiya kombinati-So'g'diyona” (Navoiy), “Parvoz” (Namangan).

Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Navoiy viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHahlo Narzieva, O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Xusan Nasrullaev va boshqalar so'zga chiqib, musobaqada barcha jamoalarga omad tilashdi.

Musobaqaning ilk kunida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

QDPI (Qo'qon) – “JDPI-Ziyokor” (Jizzax) – 3:2

OTMK (Olmaliq) – Qoraqalpog'iston Respublikasi (Nukus) – 3:0

“NDPI-Olimp” (Navoiy) – Mudofaa vazirligi (Toshkent) – 3:0

“Transportchilar” (Toshkent) – “O'ztelekom” (Samarqand) – 0:3

“NTMK-So'g'diyona” – “Milliy gvardiya” (Toshkent) – 1:3

Musobaqa davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing