So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

22 dek 13:41
Yangiliklar

Velosport

Olga Zabelinskaya: “Riodan keyinoq Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaganman”

Teglar :  Olga Zabelinskaya
Olga Zabelinskaya g'alabalari bilan o'zbek sporti muxlislarining mehrini qozonib kelmoqda.

2019 yil Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan sportchimiz endilikda Tokio Olimpiadasida ham zafar quchishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Etiboringizga sportchimiz bilan ortda qolayotgan yil yakunlari va kelgusi yil rejalari haqida tashkil qilgan suhbatimizni havola qilamiz: 

– Bu yilgi natijalaringizdan qoniqdingizmi?
– Yo'q, albatta. Yil boshidagi rejalarim umuman boshqacha edi. Olimpiada ham keyingi yilga qoldirildi. Hatto salomatligimdagi muammolar bilan shossedagi jahon chempionatida ham ishtirok eta olmadim.

– Yil davomida “Jiro d’Italiya”da ham qatnashdingiz-u, musobaqaning so'nggi bosqichlarida turnirni tark etdingiz. Bu nima bilan bog'liq edi?
– Ushbu musobaqada jamoam ularning nomidan ishtirok etib berishimni so'rab chiqishgani uchun qatnashdim. O'ylab qarasam, apreldan beri musobaqada ishtirok etmadik. Jahon chempionati ham Italiyada bo'lishini inobatga olib, unda qatnashishga rozi bo'ldim. “Jiro d’Italiya” menga JCH oldidan mashg'ulot vazifasini o'tab berdi. Unda asosiy maqsadim jarohatlardan o'zimni saqlash edi. Eslasak, turnir davomida gollandiyalik amaldagi chempion yiqilib, og'ir jarohat oldi va uzoq muddatga sport bilan xayrlashdi. Aslida u o'sha sport formasi bilan JCH g'olibligi uchun asosiy davogar bo'lgan. Musobaqa yakunida JCHga etarlicha hordiq chiqarib olish uchun so'nggi bosqichlarda startga chiqmadim.

– Kelgusi mavsumning dastlabki qismi uchun nimalarni reja qildingiz?
– Yil boshida shosse musobaqalari, keyin trek va shosseda Osiyo chempionatlari bor. Hozir etiborimizni ushbu musobaqalarga qaratamiz.

– Sizning Olimpiada yo'llanmangiz shosse yo'nalishida. Demakki, asosan magistral yo'llarda shug'ullansangiz kerak. Bu orada trekka qanday etibor qaratasiz?
– To'g'ri, yangi yilda asosiy etibor shossedagi startlarga qaratiladi. Trekda o'zim qatnashishim kutilayotgan ilk musobaqa yil boshidagi Osiyo chempionati bo'ladi. Biroq Olimpiadadan keyin trekdagi JCH ham borligini inobatga olsak, ushbu yo'nalishdan etiborni to'liq uzib qo'ymaslik zarurligi oydinlashadi.

– Yosh sportchilarimizdan biri Behzod Rahimboev Italiya jamoasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi va yanvar oyidan Evropaga yo'l oladi. Unga qanday maslahatlar bergan bo'lar edingiz?
– Avvalo, yo'qolib qolmaslik uchun italyan tilini o'rganish (kuladi). Hazil o'z yo'liga-ku, bu juda muhim jihat. Bu musobaqalar va shahar bo'ylab yurgan payti juda kerak bo'ladi. Keyin hozirgi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda o'z salomatligiga hushyor bo'lsin. Tajriba va mahoratni yil davomidagi poygalarda o'zi to'plab oladi.


– Olimpiadaga qaratilgan tayyorgarlikni qachondan boshlaysiz?
– Men buni sportga kirib kelgan yilimdayoq boshlab yuborganman. Yoshligimizdan sportga qadam qo'yar ekanmiz, maqsadimiz Olimpiya o'yinlari g'olibligini qo'lga kiritish bo'ladi. Tokio-2020ga to'xtaladigan bo'lsak, men unga tayyorgarlikni Riodan keyinoq boshlaganman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing