So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

22 noy 16:39
Yangiliklar

Voleybol

OTMK voleybolchilari O'zbekiston superkubogi sohibiga aylandi

Teglar :  Voleybol
Xabaringiz bor, Olmaliq shahridagi Metallurg sport majmuasi uch kun davomida voleybol bo'yicha O'zbekiston superkubogi bahslariga mezbonlik qildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda barcha masala dastlabki ikki kunda hal bo'ldi, Nukus davlat pedagogika instituti voleybolchi qizlari har ikki o'yinda mamlakat chempioni hamda kubogi sohibi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi va superkubokni qo'lga kiritishdi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslar esa uch kunga cho'zildi. Unda amaldagi O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Samarqandning «O'ztelekom» jamoasi chempionatning kumush medallariga ega chiqqan OTMK jamoasi bilan kuch sinashdi. Dastlabki o'yinda samarqandliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsada, keyinchalik olmaliqlik voleybolchilar tashabbusni o'z tomoniga og'dirishdi. Ular keyingi o'yinlarni bir xil – 3:1 hisobida o'z foydalariga hal qilishdi va O'zbekiston superkubogi-2021 sohibiga aylanishdi.

Superkubok bahslari tugagach Olmaliqda joriy mavsum g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston sport faxriylari kengashi vakillari ham ishtirok etishdi.

CHempionat yakunlariga ko'ra, erkaklar o'rtasida oltin medalga «O'ztelekom», kumush medalga OTMK va bronza medaliga O'zbekiston chempionati debyutanti «Milliy gvardiya» jamoalari sazovor bo'lishdi.

Ayollar o'rtasida esa sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

SKUF (Toshkent viloyati) – oltin medal,

NDPI (Qoraqalpog'iston Respublikasi) – kumush medal,

Andijon viloyati terma jamoasi – bronza medali.


SHuningdek, marosimda bir qator nominaciyalar bo'yicha ham eng yaxshilar taqdirlanishdi:

«Eng yaxshi bog'lovchi» nominaciyasida:

Bekzod Rahimov («O'ztelekom»),

Muxlisaxon Jalolova (Andijon viloyati terma jamoasi).


«Eng yaxshi to'siq qo'yuvchi» nominaciyasida:

Ahror Sobirov («O'ztelekom»),

Oyatxon Yoqubova (SKUF).


«Eng yaxshi himoyachi» (libero) nominaciyasida:

To'lqin Nishonov («Milliy gvardiya»),

Gulmira Sultonboeva (SKUF).


«Eng yaxshi markaziy hujumchi» nominaciyasida:

Sanjar Axtamov (OTMK),

Aziza Juldasbaeva (NDPI).


«Eng yaxshi hujumchi» nominaciyasida:

Bunyod Xusinov («O'ztelekom»),

Nodira Sultonboeva (SKUF).


«Eng yaxshi o'yinchi» nominaciyasida:

Alisher Asqarov («O'ztelekom»),

Nodira Reimbaeva (NPDI).


«Eng yaxshi trener» nominaciyasida:

Aziz Teshaboev (OTMK, erkaklar jamoalari o'rtasida),

Akrom Ummatov (SKUF).


«Eng yaxshi hakam» nominaciyasida:

G'anijon Jumaniyozov.


«Eng yaxshi hududiy federaciyasi»:

Farg'ona viloyati.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing