So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

20 jan 18:10
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Londonda Angliya kriket fondi rahbarlari bilan uchrashdi

Teglar :  Kriket
Kriket sport turini mamlakatimizda keng ko'lamda rivojlantirish uchun O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan izchil islohotlar olib borilmoqda.

Kriket rivojlanangan davlatlar bilan xalqaro hamkorlik ishlariga esa federaciya raisi Aziz Mixliev tomonidan alohida etibor qaratilgan. Xususan, ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib turgan  kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev boshchiligida federaciya bosh kotibi Fazliddin Ibodullaev hamda O'zbekiston (U-19) milliy kriket jamoasi sardori Alisher G'aybullaevlar kecha 19 yanvar kuni London shahrida joylashgan O'zbekiston elchixonasiga tashrif buyurishdi. Federaciya vakillari O'zbekistonning Buyuk Britaniyadigi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmanov va konsul Baxtiyor Xodjaevlar bilan birgalikda Angliyaning «Bat for a chance» beg'araz kriket fondi rahbarlari Villiam Gaffney va Omar Khan, Evropa va Osiyo mamlakatlari bo'yicha iqtisodiy-siyosiy masalalarda maslahat beruvchi «Belgrave Europe» kompaniya raisi, janob Fred Harrison va Iqtisod va turizmni rivojlantirish bo'yicha konsultant va yozuvchi Sofiy Ibbotsonlar bilan O'zbekistonda Kriket sportini rivojlantirish masalalarida davra suhbatini o'tkazishdi. Quvonarlisi, uchrashuv doirasida kriket sport turini mamlakatimizda keng rivojlantirish borasida qator  kelishuvlarga erishildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing