So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

16 jan 10:51
Yangiliklar

Voleybol

O'zbekiston voleybol federaciyasiga yangi Bosh kotib va Ijroqo'm azolari saylandi

Teglar :  VoleybolFederaciya
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi o'tkazildi.

Unda federaciya raisi, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston voleybol federaciyasining bosh homiysi – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ulug'bek Fayozov, federaciya Ijroqo'm azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Navbatdan tashqari Konferenciyaga delegat sifatida O'zbekiston voleybol federaciyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiali rahbarlari, O'zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi voleybol klublaridan vakillar, Voleybol federaciyasining faxriylar kengashi, hakamlar va murabbiylardan iborat jami 65 nafar delegat saylangan va O'zbekiston voleybol federaciyasiga taqdim etilgandi. SHularning 54 nafari Konferenciyada qatnashgan bo'lsa, 11 nafari uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmadi. SHuningdek, Konferenciyada xududiy federaciyalar vakillari ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda qatnashishdi.

Konferenciya kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgan edi:

1. O'zbekiston voleybol federaciyasining Rayosat tarkibi azolarini saylash;

2. O'zbekiston voleybol federaciyasining Ijroqo'm azolarini saylash;

3. O'zbekiston voleybol federaciyasining Vice-prezidenti hamda Bosh kotibini saylash;

4. O'zbekiston voleybol federaciyasining Nizomiga qo'shimchalar kiritish va yangi tahrirda tasdiqlash;

5. O'zbekiston voleybol federaciyasi tomonidan 2021 yil mavsumida o'yinchilarning klubdan klubga o'tishi, licenziyalarni ro'yxatdan o'tkazish, intizom qoidalari.

6. Turli masalalar.

Takidlash kerak, yig'ilish keskin va tanqidiy ruhda o'tdi. Xususan, D.Nabiev federaciya raisi etib saylanganidan buyon o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlardan ko'ngli to'lmayotgani, mamlakatimizda voleybolni ommalashtirish borasida qilinayotgan ishlar talab darajasida emasligini alohida takidladi.

Voleybol yurtimizdagi eng sevimli va ommalashgan sport turlaridan sanaladi. Joriy yil mamlakatimizdagi 7 500 dan ortiq umumtalim maktablariga voleybol sporti jihozlari, yani koptoklar va to'r(setka)lar etkazib beriladi. Bu esa ushbu Olimpiya sport turining yanada rivojlanishiga xizmat qilishi takidlandi.

SHuningdek, voleybolni joylarda yanada rivojlantirish maqsadida har bir tumanda 2-3tadan umumtalim maktabini voleybol sportiga ixtisoslashtirish taklifi ilgari surildi.

Konferenciya kun tartibidagi masalalar orasida eng muhimlaridan biri – bu O'zbekiston voleybol federaciyasiga Bosh kotibni saylash bo'lib, D.Nabiev ushbu lavozimga shu kungacha Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi metodisti lavozimida ishlab kelgan Xusan Nasrullaev nomzodini ilgari surdi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomzodni maqullashdi.

Qolaversa, Konferenciyada O'zbekiston voleybol federaciyasiga maxsus baza qurish, buning uchun poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji hududidan alohida joy ajratilib, voleybol sportiga moslashtirilayotgani va tez orada ushbu baza mamlakatimiz voleybolchilari ixtiyoriga topshirilishi aytib o'tildi.

Bundan tashqari, oliy talim muassasalarida voleybol sportini rivojlantirish, mamlakat chempionatida ishtirok etuvchi institut va universitetlar jamoalarini ko'paytirishga jiddiy etibor qaratish kerakligi alohida takidlanib, bu terma jamoa murabbiylariga selekciya ishlarini kuchaytirishda qo'l kelishi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing