So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

16 dek 14:43
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston yuqori natijalar qayd etgan davlatlarning 1-guruhidan joy oldi

Teglar :  UZNADA
WADAning 2023 yil dekabr oyidagi yillik hisobotida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi dunyodagi 206 ta mamlakatlar orasida kuchli birinchi guruhga kiritildi.

WADA tomonidan 206 ta davlatlardagi Milliy antidoping tashkilotlar faoliyatini 4 guruhga bo'lingan holda baholab boriladi. Bular, 1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz. O'zbekiston bu guruhlardan antidoping sohasida yosh mamlakat bo'lishiga qaramay 1-guruh, yani faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhda MDX mamlakatlaridan O'zbekiston, Belorussiya, Rossiya va Qozog'iston joy olgan bo'lsa, Azarbayjon, Armaniston, Qirg'iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Maldova 3-guruhdan joy olgan.

SHu o'rinda qanday sabablar asosida davlatlar bu guruhlarga bo'linadi degan savol yuzaga keladi. Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini o'z vaqtida bajarish, yani sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasi olish va ularni natijalari (ijobiy natijalar kamligi inobatga olinadi) hamda Xalqaro toifadagi doping oficer va surushtiruv-oficerlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi berilishiga qarab bo'linadi.

Malumot uchun aytib o'tmoqchimiz, O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023 yil II choragida muvaffaqiyatli o'tgan Milliy antidoping agentligi hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sankciyalar qo'llaniladi. Bu sankciyalar Kodeks talablarini to'liq, qisman yoki umuman talabga mos kelmaslik turlariga qarab sankciyalar turlicha bo'ladi. Misol uchun mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrog'i ko'tarilmasligi kabi jazo turlariga bo'linadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing