So’nggi yangiliklar

23:05Юнон-рум кураши. Икки нафар ҳамюртимиз лицензион турнирдаги иштирокини якунлади 0 18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0

19 okt 21:11
Yangiliklar

Qiziqarli!, Basketbol

Qirol Jeyms, Jokich bilan Denver va yana yangi NBA mavsumini kuzatish uchun 11 sabab

Biz Olamsport.com sayti o'quvchilari uchun birinchi marta Milliy basketbol assosiaciyasining 78-mavsumining katta prevyusini tayyorladik.

Kelasi mavsumda bizni nimalar kutmoqda? 

Sabab 1 

“Denver Naggets” o'z chempionligini himoya qila oladimi?

O'tgan mavsumda Denver o'z tarixida ilk marotaba NBA chempioniga aylangandi. Muntazam mavsumda to'trinchi o'rinni egallagan bo'lishiga qaramay, jamoa pley-off bosqichida o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi va uzoq kutilgan chempionlikni qo'lga kiritdi. Naggets safidagi eng yorqin o'yinchi serbiyalik Nikola Yokich hisoblanadi. Qayd etish joiz, u finalning eng yaxshi basketbolchisi ham bo'ldi. Xo'sh, ushbu klub chempionligini himoya qila oladimi? NBA'da buni oldindan bashorat qilish juda qiyin. Ammo aynan Denverda eng yaxshi jamoa, asosiy yulduz hamda SHveycariya soati mexanizmidek silliq va uzluksiz ishlay oladigan jamoa bor.


Sabab 2

Yulduzli duet: Yannis/Lillard 

Futbol muxlislari yozning transfer yangiliklarini kuzatib borishar ekan, NBA har kuni Damian Lillardning Portlenddan Mayamiga ko'chib o'tishi haqidagi mish-mishlarni muhokama qiladi. Jannis va Lillard dueti barcha raqiblar uchun ajoyib qurol. Har ikkisi ham himoyada yaxshi o'ynaydi hamda jamoa azolari bilan munosabati alo darajada. Jannis Antetokounmpo jamoani tark etmoqchi edi, chunki klub unga xohalagan basketbolchilarini xarid qilib bermadi, biroq muammo hal etildi. Miluoki yangi mavsum favoritlaridan biri. 


Sabab 3 

Boston va Ko 

“Boston” basketbolning “Paxtakor”i bo'lib, NBA chempionliklari bo'yicha “Leykers” bilan birinchi o'rinni egallab turibdi (17 marta). O'tgan mavsumda “Boston” ikkinchi o'rinni egalladi va “yashillar” pley-offga favorit sifatida yo'l oldi, ammo SHarqiy konferenciya yarim finalida “Boston” kutilmaganda “Mayami”ga mag'lub bo'ldi. Joriy mavsumda bostonliklar yo'qotilgan chempiionlikni qaytarib olishga shahd qilgani aniq. Jamoani yosh va istiqbolli mutaxassis Jo Mazzula boshqaradi. Klubga chempionlik uchun kurashda Jeyson Tatum, shuningdek, eng katta shartnomaga ega bo'lgan Jeylen Braun  yordam berishi kutilmoqda.  


Sabab 4 

NBA kelajagi – Viktor Vembanyama 

Har mavsum oldidan NBA eng yaxshi yosh basketbolchilarni kashf qiladi. Bu yil Viktor Vembanyama ana shulardan biri bo'ldi. U allaqachon yangi Maykl Jordan sifatida ko'rilmoqda. San-Antonioda yosh baskketbolchilarning qanday ishlashi va rivojlanishi bo'yicha tajribali murabbiy Gregg Popovich ishlaydi. Vembanyama yulduzga aylanib ketadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi. 


Sabab 5 

“Filadelfiya”ni nima kutmoqda: muvaffaqiyatsizlik yoki muvaffaqiyat? 

“Filadelfiya” ko'pincha hal qiluvchi bahslarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan kuchli jamoa bo'lib tanilgan. Jeyms Xarden bosh direktor Deniel Mori bilan janjallashib qolganidan keyin savol tug'ildi: Xarden qoladimi yoki ketadimi? Uning kelajagi qanday bo'lishidan qatiy nazar jamoa, albatta, oxirgi mavsumda MVP Joel Embiidga ega bo'ladi. Biroq, endi klubni yangi murabbiy Nik Nurs boshqaradi. Aynan uning rahbarligi ostida “Toronto” sensacion tarzda 2019 yil chempionlikni qo'lga kiritgandi. Agar Xarden jamoada qolsa, muxlislar undan ko'proq narsa kutadi. 


Sabab 6 

Qirol Jeyms 

Basketbol qiroli hozir Maykl Jordan emas, balki Lebron Jeymsdir. U bir qancha rekordlarni yangiladi va o'tgan mavsumda u Karim Abdul-Jabborning NBA’dagi muntazam ligadagi ochko to'plash bo'yicha uzoq yillik rekordni ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. Ushbu rekord 39 yildan beri davom etib kelayotgandi. Lebron Jeyms bizning Jasur Hasanov. Yoshiga qaramay, hamon o'z sport formasini ushlab turibdi. O'tgan mavsum hech kim kutmaganada u “Leykers”ni G'arbiy konferenciya finalga qadar olib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqdagi materiallarga qarganda, Jeyms bu mavsum murabbiylik qiladi. 


Sabab 7 

Qiziqarli, biroq xavfli “Feniks” loyihasi

“Feniks” bu mavsumda bir nechta qiziqarli transferlarni amalga oshirdi. Vashingtonda jamoaning asosiy yulduzi Bredli Bil, shuningdek, quyi saviyadagi 7 nafar futbolchi maydonga tushdi. “Feniks” pley-offning hal qiluvchi bosqichiga chiqa oldi, chunki jamoada ajoyib trio mavjud: Devin Buker, Kevin Dyurant, Bredli Bil. Biroq, ular butun mavsum shunday davom eta oladimi? Kimdir jarohat olsa, nima bo'ladi? Bu jarayon boshqa o'yinchilarga ham bog'liq. Buning uchun Yusuf Jurkich, Yuta Vatanabe, Greyson Allen, Josh Okogie, Bol Bol, Dryuv Eubankslarning barchasi klubga birdek yordam berishi zarur. 


Sabab 8 

Jimmi Buter va uning “Mayami”si 

“Mayami” o'tgan mavsumda barcha favoritlar ajralib tura olmadi. Ammo aynan ular “Miluoki”ni “Nyu York Niks” bilan pley-offda mag'lub etdi hamda chempionlik uchun asosiy davogar “Boston”ni ham taslim etishga erishgandi. Faqat finalda “Denver” ularni to'xatatib qoldi. Albatta, Jimmi Batler va uning “Mayami”si qolganlardan ajralib turadi. Batler jamoasi yangi mavsumda faqat g'alaba uchun kurashishini bir necha bor takidlab o'tdi. “Mayami”ga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona narsa – uning zaxira o'rnidig'i va Jimmining o'zi mavsumni to'liq o'tkaza olmasligi bo'lishi mumkin. 


Sabab 9 

Eng yaxshi qo'riqchilar jang: Bam Adebayo, Bruk Lopes yoki Jaren Jekson-kichik  

O'tgan mavsumda “Memfis” azosi Laren Jekson kichik janob “Lok” mukofotini qo'lga kiritdi. Uning jamoasi haqiqatan ham himoyada ishonchli o'ynadi, lekin bazida qo'pol xatolarga yo'l qo'yib, ko'p qoidabuzarliklar ham sodir etdi. Aynan “Memfis” klubi fol ishlatish bo'yicha etakchi bo'ldi. “Miluoki” azosi Bruk Lopes uzoq vaqtdan beri “eng yaxshi himoyachi” unvoniga davogar bo'lib kelmoqda. Yagona muammo shundaki, uning jamoasi u qadar kuchli emas. Mayamilik Bam Adebayo aksariyat himoyachilardan farqli o'laroq, barqaror o'yin namoyish etadi. 


Sabab 10 

Kuchli “Oklaxoma” jamoasi

Ushbu jamoa odatdagidek yosh basketbolchilarga tayanadi. “Oklaxoma” o'zimizning “Olimpik” va “Surxon”ga o'xshash. Ular katta byudjetga ega emas va bu mavsumda hach qanday shartnomalar tuzmagan. Ammo klub yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. “Oklaxoma”ning etakchisi SHay Giljes-Aleksandr butun ligada ochko jamg'arish bo'yicha to'rtinchi, to'pni olib qo'yishda ham to'rtinchi o'rinda. Bu jamoa ko'pchilik uchun “bosh og'riq” bo'lishi kutilmoqda. 


Sabab 11 

Donchich bir o'zi “Dallas”ni torta oladimi? 

Sloveniyalik sportchi uzoq vaqtdan buyon jamoasining etakchisi sanaladi. Uni ancha vaqtdan beri boshqa bir klub afsonasi Dirk Novitski bilan solishtirishadi. “Dallas” yorqin o'yin ko'rsatyapti, lekin ular pley-offga chiqa olgani yo'q. Kayvi Irving o'tgan mavsumda Donchichga yordam berish uchun kelgandi. Buning uchun dallasliklar 3 ta basketbolchisidan voz kechgandi. Biroq, ushbu qaror o'zini oqlamadi. Mavsum oldi o'yinlarda Donchich yolg'iz o'zi ko'plab ochkolar oldi. Bu holat tashvishli, chunki jamoaviy o'yin bo'lmasa, bari befoyda. 


Yana etibor qaratishga arziydigan 10 ta jihat: 

1) Stef Karri «Golden Steyt» - u yoshiga qaramay Lebron Jeymsning yo'lidan yura oladimi? 

2) Skut Xenderson «Portlend» - "Yil yangiligi" mukofoti uchun Viktor Vambanyamega asosiy raqobatchi bo'lishi kutilmoqda

3) Domantas Sabonis «Sakramento» - U jamoasini yangi darajaga olib chiqishga yordam bera olarmikin? 

4) Kavay Lenard «Los-Andjeles Klippers» - yulduz qariya mavsumni jarohatlarsiz o'tkaza olarmikin? 

5) Rassel Uestbruk «Los-Andjeles Klippers» - ajoyib atletizmga ega basketbolchi faoliyatini yuqori darajaga olib chiqa oladimi? 

6) Ostin Rivz «Los-Andjeles Leykers» - agar Jeyms yoki Entoni Devis jarohat olsa u jamoasi etakchiligini qo'lga ola biladimi? 

7) Dennis SHreder «Toronto» - SHreder Germaniya bilan jahon chempioni bo'lganidan so'ng Kanada klubida ham o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olarmikin? 

8) Entoni Edvards «Minnesota» - u Karl Entoni Tauns bilan birga yangi kuch bo'lib, jamoasini pley-off sari etaklay oladimi? 

9) Zak Lavin «CHikago» - u «CHikago»da qayta qurish davri ketayotgan paytda jamoasining asosiy o'yinchisi bo'la oladimi? 

10) Evan Furne «Nyu-York Niks» - franciyalik basketbolchi birinchi beshlikdagi o'rnini qaytib olarmikin? 


Olamsport.com talqini bo'yicha kelasi mavsum favoritlari: 

1. Denver 

2. Miluoki 

3. Boston

4. Feniks 

5. Filadelfiya 

6. Mayami

7. Los-Anjeles Leykers 

8. Memfis 

Xo'sh, sizning taxminingiz qanday?


Muallif: Evdokim Raimov 

Rus tilidan Xabib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing