So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

13 avg 03:35
Yangiliklar

Boks/MMA, Gimnastika, Dzyudo, Engil atletika, Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. 7-kun. Bektemir o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokini yakunlab berdi

Bugun Olimpiadada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilarning chiqishlarini ushbu sahifa orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

03:34. Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev ilk jangini o'tkazdi va g'alaba qozondi. Nankin o'smirlar Olimpiadasi g'olibi bo'lgan bokschimiz nimchorak final jangida avstraliyalik Daniel Lyuisni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

01:22. Toshkent vaqti bilan soat 03:15 da bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev Olimpiadadagi yurishini boshlaydi. Kutamiz!


01:20. Afsuski, dzyudochimiz o'zidan deyarli 50 kg og'ir bo'lgan mezbon sportchini mag'lub eta olmadi va beshinchi o'rin bilan kifoyalandi...


01:08. Abdulla Tangriev mezbon sportchiga qarshi tatamiga chiqdi. Qiyin bo'ladi. Lekin, bizga medal kerak. Olg'a, Abdulla!


01:05. Franciyalik ayol bokschi Olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritdi. Navbat erkaklar o'rtasidagi musobaqalarga!


00:55. Yana bitta jangdan so'ng Abdulla Tangriev bronza medali uchun tatamiga chiqadi.



00:34. Afsuski,Tangriev yaponiyalik raqibiga yutqazib qo'ydi. Endi ubronza medali uchun braziliyalik raqibiga qarshi jang qiladi...


00:25. Diqqat! Hamyurtimiz Abdulla Tangriev jangga chiqib kelmoqda! U finalga chiqish uchun yaponiyalik dzyudochiga qarshi kurashadi! Olg'a, Abdulla!


00:23. Ushbu bahsda franciyalik sportchi g'alaba qozondi va finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


00:15. Tatamiga franciyalik va isroillik dzyudochilar chiqib kelishdi. 


23:51. Yana uchta jang va hamyurtimiz tatamiga chiqadi.


23:43. Tangrievning jangi taxminan 20 daqiqalardan so'ng boshlanishi kutilmoqda.


23:36. Yana birozdan so'ng dzyudochimiz Abdulla Tangriev yarim finalda yaponiyalik raqibiga qarshi jangga chiqadi. Kutamiz. Oz qoldi!


23:30. Afsuski, Xilko saralash bahslarida kuchli sakkizlikka kira olmadi va finalda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'ldi.


23:00. Ekatirina Xilko birinchi urinishni o'ninchi o'rinda yakunladi. Endi erkin mashqlarga navbat. Hamyurtimiz finalga chiqishi uchun 16 nafar sportchi ichida kuchli sakkizlikka kirishi lozim bo'ladi.


22:35. Oldinda dzyudochimiz Abdulla Tangriev ishtirokidagi yarim final bahsi ham kutib turibdi. Tangriev final yo'lida yaponiyalik Xisayoshi Xarasava bilan jang qiladi.

22:24. Birozdan so'ng sportchilar erkin chiqishlarini ham namoyish etishadi...

22:20. Nihoyat Ekaterina Xilko o'zining dastlabki chiqishini boshladi. Katya majburiy chiqish mashqlarida 46.570 ball oldi. Hozircha 7 sportchining chiqishidan so'ng hamyurtimiz uchinchi o'rinda! 16 nafar sportchining eng ko'p ball olgan 8 nafar ishtirokchi finalga yo'llanma oladi.  

22:10. Xilko 7-bo'lib o'z ishtirokini boshlaydi. Hozircha 2 nafar sportchi o'z chiqishini amalga oshirdi.

22:00. Demak batutda sakrash bo'yicha saralash bahslari start oldi. Unda o'zbekistonlik Ekaterina Xilko ham ishtirok etadi.

21:13. Birozdan so'ng Ekatirina Xilko batutda sakrash mashqlaridagi ishtirokini boshlaydi.


21:10. Sportchimiz mezbonlar vakiliga qarshi jangda imkoniyatni boy berib qo'ydi va Olimpiadadagi ishtirokini to'xtatdi. Afsus...


20:58. Jang boshlandi! Omad Xurshid!


20:55. Hamyurtimiz Xurshid Tojiboev braziliyalik Robson Konsesauga qarshi jangga chiqib kelmoqda!


20:50. Birozdan so'ng Xurshid Tojiboev jangga chiqadi.


20:45. Do'stmatov endi 14 avgust kuni kolumbiyalik bokschi Yuberjen Martinesga qarshi jang olib boradi. Yana bir qadam qoldi. Olg'a, Hasanboy!!!


20:38. URAAAA! HASANBOY DO'STMATOV AMERIKALIK RAQIBINI MAG'LUB ETIB FINALGA YO'L OLDI!


20:24. Jang boshlandi!


20:20. Ana endi hamyurtimiz Hasanboy Do'stmatov amerikalik raqibiga qarshi jangga chiqib kelmoqda. Unga muxlislik qilamiz!


20:19. Dastlabki yarim finalda kolumbiyalik bokschi g'alaba qozondi. Hasanboy agar finalga chiqadigan bo'lsa aynan u bilan jang qiladi.


20:05. Boks bahslarida esa yarim finallar boshlanmoqda. Birozdan so'ng hamyurtimiz Hasanboy Do'stmatov final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi!


20:00. AZIZLAR, ABDULLA TANGRIEV QIRG'IZISTONLIK RAQIBINI HAM MAG'LUB ETDI VA YARIM FINAL YO'LLANMASINI QO'LGA KIRITDI!



19:45. 10 kilometrga yugurgan qizlarimizning biri Ekatirina Tunguskova finishga etib bora olmagan bo'lsa, yana biri Sitora Hamidova 24-bo'lib bahslarni yakunladi.


19:39. Ekatirina Voronina esa ayni paytda balandlikka sakrash mashqlarini bajarmoqda. U ilk urinishda 1.65 metr balandlikdan sakray oldi.


19:30. Afsuski, Yodgoroy Mirzaeva kanadalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa u Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. Unga kelgusi faoliyatida omadlar tilab qolamiz! Mardonavor jang qilgani uchun rahmat!


19:25. BU ORADA ABDULLA TANGRIEV RUMINIYALIK RAQIBINI MAG'LUB ETIB CHORAK FINALGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITDI!


19:16. Jang boshlandi! Omad, Yodgoroyga!


19:12. Yodgoroy Mirzaeva ham ringga chiqib kelmoqda!


19:10. 10000 ming metrga yuguradigan sportchi qizlarimiz Ekatirina Tunguskova va Sitora Hamidovalar startga chiqishdi. Sportchilarimizga omad. Ushbu yo'nalishda g'oliblar bugunoq aniqlanadi.


19:00. Ettikurashda balandlikka sakrash bahslari boshlandi. Voronina birozdan keyin chiqish qiladi.


18:50. Ajoyib! Abdulla Tangriev samoalik raqibini ippon bahosi evaziga mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.



18:42. Tangrievning jangi boshlandi!


18:30. Birozdan so'ng dzyudochimiz Abdulla Tangriev tatamiga chiqadi.


18:10. Ekatirina Voronina to'siqlar osha yugurish bahslarida 31 nafar sportchi ichida 30-natijani qayd etdi... Uning hisobida hozircha 814 ochko bor. Birinchi o'rindagi britaniyalik sportchi esa birinchi bosqichda 1149 ochko ishlab oldi. Mayli, sportchimiz qolgan bahslarda u kerakli ochkolarni ishlab oladi!


18:00. Bu orada Olimpiadada dzyudo bahslari start oldi. +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Abdulla Tangriev himoya qiladi. Uning jangi taxminan bir soatlardan so'ng bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Qiziq, Pekin-2008 o'yinlari kumush medali sohibi Braziliyada ham muxlislarini xursand qila olarmikin?


17:45. Endi Voronina ettikurashning ikkinchi bosqichi - balandlikka sakrash bahslarida o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Hali ochkolar ishlab olish uchun imkoniyat bor. Ushbu bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:50 da boshlanishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, ettikurash bahslarida 31 nafar sportchi ishtirok etmoqda.


17:35. Ekatirina Voronina ettikurash bahslarini to'siqlar osha yugurish bilan boshladi. Afsuski, u birinchi bosqichda finishga so'nggi bo'lib etib bordi...


17:30. Diqqat qiling! Sportchilarimizning Olimpiadadagi ishtiroklari boshlanmoqda.


16:10. SHuni ham qo'shimcha qilishimiz mumkinki, Ekatirina Voronina 2014 yili Incheonda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. Umid qilamizki, Osiyoning eng kuchli ettikurashchisi Olimpiadada ham uyaltirib qo'ymaydi. Olg'a, Katya!


15:55. Sportchilarimizning ishtiroklarini engil atletikaning ettikurash bahslarida qatnashayotgan Ekatirina Voronina boshlab beradi. Uning chiqishi 17:35 ga belgilangan. Eslatib o'tamiz, u ettikurash bahslarida: to'siqlar osha 100 metrga yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish bahslaridan iborat bo'ladi. Bugun ularning dastlabki to'rttasi bo'lib o'tadi. So'nggi uchta musobaqa esa ertaga bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


15:50. Bugun quyidagi sportchilarimiz Olimpiadada ishtirok etadilar:

Ekatirina Voronina - (Engil atletika, ettikurash) - 17:35

Abdulla Tangriev - (Dzyudo, +100 kg vazn toifasida) - 18:30 dan keyin

Sitora Hamidova - (Engil atletika, 10 000 metrga yugurish, final) - 19:10

Ekatirina Tunguskova - (Engil atletika, 10 000 metrga yugurish, final) - 19:10

Yodgoroy Mirzaeva - (Boks, nimchorak final) - 19:15

Hasanboy Do'stmatov - (Boks, yarim final) - 20:15

SHahboz Xolmurzaev - (Akademik eshkak eshish, 13-24 o'rinlar uchun) - 20:40

Xurshid Tojiboev - (Boks, chorak final) - 20:45

Ekatirina Xilko - (Gimnastika, tramplinda sakrash, saralash va final) - 22:00

Bektemir Meliqo'ziev - (Boks, nimchorak final) - 03:15

Nigina SHaripova - (Engil atletika, 100 metrga yugurish, saralash) - 06:00 dan keyin



15:50. Assalomu alaykum sport muxlislari. Olimpiadaning 7-kunida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarning chiqishlaridan matnli translyaciya qilishni boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
12 avg 20:49:16
♡KingUZB♡
Hasanboyni ota-onasiga raxmat
+2   
12 avg 20:06:05
Sardor 9019
Barakalla Abdullo polvon !!!! Oltin kutamiz ! Shu orinda adminlagayam rahmat yaxshi tez ishlavossila tanqidla oz samarasini berganidan xursanman :)
+1   
13 avg 03:48:16
AlexiS_DaN
Бектемир, яша) галаба муборак
+1   
13 avg 01:31:23
Nikeman
Qoyil Tangriyev. Yoshi kattaligi charchashiga sabab bòldi. Janglar bir kunda bòlmaganda aniq finalga chiqa olardi. Charchasa ham yelkasini yerga tekizdirmadi. Rahmat T A N G R I Y E V !!!!
+1   
12 avg 22:26:42
Бухарски
Abdulloga rahmat, ajoyib haqiqiy vatanparvarlik! !!
   
13 avg 03:53:17
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bektemir umuman qo'llarini ko'tarmasdan himoyasiz harakat qildi.
   
13 avg 03:51:47
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bektemir umuman qo'llarini ko'tarmasdan himoyasiz harakat qildi.
   
13 avg 03:49:39
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Bektemir g'alaba qozondi. Lekin nagdaunt qilmadi. Sal zahira bilan harakat qildi.
   
13 avg 03:49:31
SoLiYeV SoLiJoN RmA FaNaTi
Bektemirdan ajoyib g'alaba. Maladest o'g'io bola.
   
13 avg 03:48:36
feruz
Galaba muborak bektirim meliqoziyev yutdi maladest zor urusharkan zarbalari judayam kuchli ekan ohirigacha galabalirimiz bardavom bolsin
   
13 avg 02:17:48
feruz
Lekin boshqa mamlakat sportchilari orasida xam yoshi kottalari bor bizi sportchilarda ey shuncha paytdan beri yaxshi kurashib ketayapman endi yutqizib qoysam ham hich narsa qimidi yoshim kotta unaqa bunaqa dgan oy xayol bor menimcha yanayam bilmadim bu yoshda ohirigacha bor kuchi bn kurashib yoshlarga ornak bolishi Kerak edi mayli nima bolgan da ham hammasi un raxmat
   
13 avg 01:34:10
Fasli BAHOR
RAHMAT TANGRIYEV, SHUNCHA HARAKAT QILDIZ, MUNOSIB KURASHDIZ
   
13 avg 01:21:56
AlexiS_DaN
Абдулладан умуман коникмадим, сунги 2та жангда масхарабозлик килди, хафа булманглар юзерлар
   
13 avg 01:20:43
abdullah hurbayev
tangriyevni tushunmadim yarim final va ohirgi oyinida umuman ishtiyoqsiz, atay turib berganday tuyuldi menga
   
13 avg 01:19:57
AlexiS_DaN
30+ ешли иштирокчилар булмаслиги керак умуман олов йук кузларида, Абдулла Элшоддан хам баттар булди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing