So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

13 mar 10:51
Yangiliklar

Gandbol

ROZK hududida zamonaviy gandbol zali foydalanishga topshirildi + FOTO

Teglar :  GandbolROZK
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji hududida zamonaviy sharoitlarga ega yangi gandbol zali foydalanishga topshirildi.

Ushbu majmuaning qurilishi uchun 11 milliard so'm sarflangan bo'lib, uning umumiy maydoni 1 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Gandbol majmuasining ochilish marosimda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, vazir o'rinbosari SHaxrullo Maxmudov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston gandbol federaciyasi vakillari, sportchi yoshlar, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Takidlash joiz, zal barcha qulayliklarga ega va zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Maydonga ham eng zamonaviy parket to'shalgan. Hech shubha yo'qki, bunday ajoyib maydonda mashg'ulot olib boradigan sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda maydonga moslashishda aslo muammoga duch kelmaydi.

Majmuaning tantanali ochilish marosimida sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov hamda 20 yil ushbu dargohga rahbarlik qilgan sport faxriysi E.Giyazov so'zga chiqib, avvalo Prezidentimizning sportga qaratayotgan ulkan etiborlari tufayli mana shunday ajoyib sport majmualari barpo etilayotgani, ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi bilan O'zbekiston gandboli tarixida yangi davr boshlanganini alohida etirof etishdi.



SHuningdek, vazir o'z so'zida dunyoda eng ommaviy sport turlaridan biri bo'lmish gandbolni mamlakatimizda yanada ommalashtirish kerakligi, buning ortidan selekciya jarayoniga bo'lgan etiborni kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni tanlab olish va katta sportga yo'naltirish, shu bilan birga ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish orqali professional sportdagi yutuqlarimiz salmog'ini ham oshirishga erishilishini takidladi.



Majmuaning ochilish marosimida taniqli sanatkorlar o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

SHundan so'ng yosh gandbolchilarimiz yangi, zamonaviy maydonda o'z mahoratlarini namoyish qilishdi. O'rtoqlik maqomida o'tgan ochilish o'yinida parketga mezbonlar Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari o'zaro bahs olib borishdi.

Qayd etish joiz, o'tgan yilning 13 avgustida muhtaram Prezidentimiz olimpiyachilarimizni qabul qilar ekan, kelgusida jamoaviy sport turlarida ham atletlarimizning yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini taminlash borasida muhim topshiriqlar bergandi. Bugun foydalanishga topshirilgan gandbol zalildan esa yaqin kelajakda mahoratli gandbolchilar etishib chiqadi va ular Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalarni taqdim etishiga shubha yo'q.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing