So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

01 noy 22:37
Yangiliklar

Engil atletika

“Samarkand Half Marathon” g'oliblari aniqlandi

Bugun Samarqand shahrida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan “Samarkand Half Marathon”iga start berildi.

Bu yilgi yarim marafon bahslari Pandemiya sababli onlayn tarzda tashkil etilayotgan bo'lsada, Samarqand shahrida musobaqaning ochilish marosimi o'tkazildi.

Marafonning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Abduhakimov, Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari A.Karimov ishtirok etdi.

Ushbu marafon har yili madaniyat va sanat obektlaridagi mavjud inklyuziv muammolarga jamoatchilik etiborini qaratish, shuningdek, mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirish masalalalarini hal qilishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

Marosimdan so'ng “Samarkand Half Marathon”ning 21 kilometr masofasiga yugurish uchun start berildi. Unda erkaklar o'rtasida Toshkent viloyati vakili Andrey Petrov birinchi bo'lib marra chizig'ini kesib o'tdi. Qizlar bahsida o'n ming metrga yugurishda O'zbekiston rekordchisi, surxondaryolik Citora Hamidova g'olib bo'ldi.

“Marafonda 35 ta davlatdan 3 mingga yaqin sportchilar onlayn tarzda qatnashmoqda. O'zbekistonning barcha hududlarida ushbu marofonda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratildi. Bugungi marafon ishtirokchilarining barchasi qalban Samarqandda ekanligiga aminman. Dunyoda yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat tufayli 2020 yilgi Samarkand Half Marathon dasturi ushbu tadbirning sport qismini ikki shaklda – Samarqandda O'zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 42 nafar professional sportchilar uchun 21 km masofaga yugurish musobaqasi va hamma uchun virtual yugurish musobaqasini o'tkazishni nazarda tutadi. Samarqand yarim marafoni – nafaqat shaharning tashrif qog'ozi, balki shahar bilan tanishish uchun eng yaxshi imkoniyatdir”, deb aytib o'tdi A.Abduhakimov OAVga bergan intervyusida.

Musobaqaning starti «Registon» maydonidan boshlanadi, keyin sportchilar Samarqandning Bibixonim, Afrosiyob, Hazrati Hizr, Xo'ja Doniyor maqbarasi, Ulug'bek va «SHohizinda» rasadxonalari kabi asosiy diqqatga sazovor joylari yonidan o'tishadi.

Erkaklar va ayollar o'rtasida har bir yo'nalishda eng yaxshi natija ko'rsatgan 5 nafardan qatnashchi tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Unga ko'ra:

1-o'rin – 12 million so'm;

2-o'rin – 10 million so'm;

3-o'rin – 8 million so'm;

4-o'rin – 6 million so'm;

5-o'rin – 5 million so'm.

Soat 11:30 da musobaqa tashkilotchilari va ko'ngillilar qisqa masofaga yugurishdi. Unda turizm qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham qatnashdi. Ikki kundan buyon Samarqandda bo'lib o'tayotgan “Samarkand Half Marathon”i doirasidagi madaniy tadbirlar bugun kechgacha davom etadi.

SHu bilan birga, butun dunyo bo'ylab ishtirokchilar sportchilar bilan birga yugurishadi. Virtual poyga formati yarimmarafon ishtirokchilariga joy va masofani tanlash erkinligini beradi va natijalar Strava ilovasida qayd etilgan malumotlarga muvofiq qabul qilinadi. Yarimmarafon dasturiga «Skandinavcha yurish» bo'yicha musobaqalar qo'shildi va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar esa alohida bolalar yugurish musobaqasida yuguradilar.

Yugurish musobaqasida 1 dan 16 noyabrgacha davom etadi. Musobaqa natijalariga ko'ra, eng yaxshi yuguradigan shahar va eng yaxshi yuguradigan klub aniqlanadi. Ishtirokchilari eng ko'p kilometr masofani bosib o'tadigan O'zbekistonning shahri «O'zbekistonning yuguruvchi poytaxti» kubogini qo'lga kiritadi. Eng yaxshi yuguruvchi klub ham kubok bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing