So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

20 mar 11:27
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Samarqandda “Ice Arena” muz saroyi ochilmoqda

Teglar :  Samarqand
20-21 mart kunlari Samarqandda sig'imi bo'yicha mamlakatimizda Toshkentdagi “Humo Arena”dan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi ICE ARENA muz saroyining ochilishi bo'lib o'tadi.

Ko'p funkciyali muz saroyi «Family Park» tematik ko'ngilochar markazi doirasida, O'zbekiston Xokkey federaciyasi ko'magida ochiladi. Bu Samarqandda qurilgan, turli xil sport tadbirlarini, shu jumladan xokkey uchrashuvlari koncertlar, boshqa ko'ngilochar va ijtimoiy loyihalarni o'tkazish uchun mo'ljallangan. Arena xalqaro talab va standartlarga javob beradi.

Prezidentimiz boshchiligida jismoniy tarbiya va sport sohasi, jumladan yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish bo'yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. So'nggi davrda “Humo Arena” va “Amirsoy” tog'-chang'i majmualaridan keyin Samarqandda ham mana shunday arenaning paydo bo'lishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning ayni isbotidir.

Mamlakatimizda xokkeyni ommalashtirish O'zbekiston xokkey federaciyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yangi muz arenasi federaciya tomonidan mamlakatning barcha viloyat markazlarida muz maydonlarini yaratish bo'yicha rejalarning bir qismiga aylanadi. Savdo markazlarida joylashgan aksariyat muz maydonlaridan farqli o'laroq, Samarqandda loyiha 2 mingga yaqin tomoshabinni sig'dira oladigan, barcha zarur infratuzilma bilan jihozlangan, nafaqat mashg'ulot jarayonini, balki professional xokkey jamoalarining yuqori darajadagi musobaqalarini o'tkazishga imkon beradigan to'liq arena sifatida barpo etildi.

Muz saroyi xalqaro talablariga javob beradigan VIP-o'rinlar, fitnes va xoreografiya zali, kirish-chiqish hududi va yordamchi inshootlarni o'z ichiga olgan. Tribuna sig'imi 1900 tomoshabinga mo'ljallangan. Yaqin kelajakda ushbu arenada O'XF homiyligida bolalar xokkey maktabi ochilishi mo'ljallanganini aytib o'tishimiz joiz.

«Biz o'z ishimizni Samarqandda bolalar xokkey maktabini yaratish bilan boshlaymiz, chunki bolalar sportini rivojlantirish Federaciya uchun strategik ustuvor vazifadir. Iloji boricha, ko'proq yoshlarni sportimizga jalb qilish, milliy xokkeychilarimizning birinchi avlodini tarbiyalash orqali o'zbek xokkeyining kelajagiga poydevor qo'yish ko'zda tutilgan. Bu 12–15 yil ichida haqiqatga aylanishi kerak bo'lgan rejalardandir. Biz xokkey Samarqandga uzoq vaqtga keldi va bu go'zal qadimiy shahar aholisi qalbidan joy oladi, deb umid qilamiz”, – deydi O'zbekiston xokkey federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Bahodir G'ofurov.

Samarqand shahridagi muz saroyining tantanali ochilish dasturi ikki kunga mo'ljallangan bo'lib, unga Toshkentdagi bolalar xokkey klublari tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, Povilas Vanagas va Margarita Drobyazko kabi taniqli raqqoslarning muz ustidagi shousi, o'zbek estrada yulduzlari, shuningdek, maxsus taklif etilgan sanatkorlar – “Jony”, “Elman” va “Andro”ning uzoq kutilgan koncert dasturi kiritilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing