So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

07 noy 18:42
Yangiliklar

Gandbol

SO'EAIBO'SM-1 jamoasi Xorazm viloyati chempioni

Teglar :  Gandbol
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi manejida 2003-2004 yillarda tug'ilgan qizlar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha Xorazm viloyati birinchiligi nihoyasiga etdi.

Musobaqada Yangibozor, Yangiariq, Gurlan, Bog'ot va Urganch tumanlari, shuningdek, Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining “Yoshlik”, SO'EAIBO'SM-1 va SO'EAIBO'SM-2 jamoalari g'oliblik uchun maydonga tushdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, SO'EAIBO'SM-1 jamoasi (murabbiyi Mansur Bobojonov) viloyat chempioni nomiga sazovor bo'ldi. SO'EAIBO'SM-2 esa shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy olgan bo'lsa, Bog'ot tumani jamoasiga uchinchi o'rin nasib etdi.

- Gandbolchilarimizning muvaffaqiyati sport maktabimiz trenerlari va ishchi xodimlarini juda quvontirdi. Ushbu yutuqni mahorat dargohida olib borilayotgan say-harakatlar samarasi, deb bilaman. Ishonchim komilki, kelgusida sportchilarimiz bundan ham yuqori marralarni egallashadi, - deydi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Jamoladdin Abdullaev.  

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajada taqdirlanishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing