So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

23 sen 11:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" nishonlandi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Avtomobilsiz kun
Joriy yilning 22 sentyabri Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan jahon miqyosida "Avtomobilsiz kun" sifatida belgilangan.

SHu kuni avtotransport egalari avtomobil va motocikllardan foydalanmasdan, sog'lom turmush tarzini tanlab, reja qilgan manzillariga velosiped yoki piyoda borishga harakat qilishadi. Bu bilan ular ushbu kunda sog'lom turmush tarziga oshno tutinish barobarida hech bo'lmasa bir kunga havoni avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlardan tozalashga o'z hissalarini qo'shishni maqsad qilishadi.


O'zbekistonda ham bugun ko'plab yurtdoshlarimiz o'zlarining shaxsiy avtotransportlaridan foydalanmasdan, piyoda va velosipedda harakatlanib, boshqa harakat ishtirokchilariga ham bir kun avtomobilsiz yurishni, sog'lom turmush tarzini tanlashni tavsiya qilishmoqda.

Mazkur jarayondan Turizm va sport vazirligi jamoasi ham chetda qolmadi. 22 sentyabr kuni vazirlik binosida turli korxona va tashkilotlarning xodimlari, qolaversa turizm va sport mavzularini keng yoritib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo'lishdi. Ular O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov boshchiligida #avtomobilsizbirkun chellenji doirasida vazirlik binosidan boshlab to Eko-parkkacha bo'lgan masofani velosipedda bosib o'tishdi. Ular poytaxtimizning markaziy ko'chalari bo'ylab qariyb 6 kilometr masofani bosib o'tgan holda yurtdoshlarimiz uchun o'ziga xos namuna vazifasini o'tab berishdi.


- Malumki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 22 sentyabr O'zbekistonda “Avtomobilsiz kun”, deb belgilangan, - deydi Aziz Abduhakimov. - Biz bu sanani o'tgan yili ham keng nishonlashga harakat qilganmiz. Bu yil esa “Avtomobilsiz kun” doirasidagi tadbirlarni yanada keng qamrovda tashkil etdik. Xususan, bu yil barcha hududlarni, hattoki xorijdagi diplomatik korpuslarimizni ham ushbu sana munosabati bilan tashkil etilayotgan chellenjlarimizga jalb qildik. Bizni ommaviy axborot vositalari xodimlari ham har tomonlama qo'llab-quvvatlagan holda #avtomobilsizbirkun chellenjida faol ishtirok etishganligini alohida takidlab o'tishni istardim. Bu jarayonda ko'plab vazirlik va idoralar, korxona-tashkilotlarning rahbar xodimlari “shaxsiy namuna” tamoyili asosida o'z ish joylariga piyoda yoki velosipedda borib, yurtdoshlarimiz uchun namuna ko'rsatishganligi ham tahsinga loyiq. Ushbu tadbirimizning ahamiyatli jihatlariga etibor qaratadigan bo'lsak, avvalo bu ekologiyamizga juda ham ijobiy tasirini ko'rsatadi. SHu bilan birgalikda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi aholining alternativ transport vositalaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Va eng muhim jihatlardan yana biri, aholi orasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirishda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.



Velosayr yakunida chellenj ishtirokchilari Eko-park bo'ylab piyoda sayr qilishdi va bu orqali xalqimiz orasida piyoda yurish, uning inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ham keng targ'ib qilishdi.


Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling. 

Muallif: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing