So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

06 fev 09:26
Yangiliklar

Gandbol

Urganchdagi sport maktabida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida musobaqa o'tkazildi

Teglar :  Gandbol
Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida gandbol bo'yicha SO'EAIBO'SM ochiq birinchiligi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorini hayotga tadbiq etish, yosh sportchilarni mahoratini oshirish hamda ularni jismonan va manan barkamol ruhda voyaga etishini taminlash maqsadida uyushtirilgan musobaqada “Yoshlik” jamoasi (treneri Mansur Bobojonov) zafar quchdi. Ikkinchi o'rinni “Yoshlik-2” jamoasi (treneri Azamat Ro'zimbetov) egalladi. SHohsupaning uchinchi pog'onasidan  SO'EAIBO'SM jamoasi (treneri Rustam Botirov) joy oldi. G'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

Mazkur birinchilikning ahamiyatga molik jihati shundan iborat bo'ldiki, musobaqa qatnashchilari SO'EAIBO'SMning “Sport muzeyi”ga ham tashrif buyurishdi. U erda sport maktabi direktori Jamoladdin Abdullaev yoshlarga mahorat maskani, uning taniqli sportchilari va ular tomonidan qo'lga kiritilgan salmoqli yutuqlar haqida atroflicha so'zlab berdi. O'z navbatida yosh gandbolchilar sport maktabining tarixi va muvaffaqiyatlari aks etgan fotosuratlar,  diplom va faxriy yorliqlar hamda kuboklarni miriqib tomosha qilishdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing