So’nggi yangiliklar

20:49Қаршида Ўзбекистон кубогининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди 0 20:28Дмитрий Бивол: "Ҳозир Бетербиевни унутиб туришим лозим" 0 20:07Туркманистон терма жамоаси легионери Ўзбекистонга қарши ўйнамайди 0 19:46"Ролан Гаррос". Даниэль Коллинз муваффақиятли старт олди 0 19:25Ислам Махачев: "Порье билан жангим тўлиқ давом этмайди" 0 19:04Дунёнинг 7-ракеткаси қаторасига иккинчи йил ҳам "Ролан Гаррос"ни 1-даврадаёқ тарк этди 0 18:43Анчелотти Лига 1`да 9-ўринни эгаллаган жамоани бошқариши мумкин 0 18:22Зарруҳ Адашев Хабиб Нурмагомедовга мурожаат қилди + ФОТО 0 18:01Вазирликда икки томонлама ҳамкорлик алоқалари муҳокама қилинди 0 17:40МУТОЛАА УЧУН: Бокс тарихидаги даҳшатли қайтишлар: Муҳаммад Али, Форман, Кличко, Тайсон... 0 17:19Суперлига. 10-тур учрашувларининг бошланиш вақтлари маълум 0 16:58Даниил Медведев "Ролан Гаррос"даги юришини бошлади 0 16:37Ислам Махачев UFC'нинг янги қўлқоплари ҳақида: "Энди кўпроқ қон тўкилади" 0 16:16Конор билан бир оқшомда жанг қиладиган собиқ UFC чемпионининг янги рақиби эълон қилинди 0 15:55Модрич фаолиятини якунлаши ҳақида: "Ҳали вақти келмади" 0

18 sen 09:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Uzoq kutilgan trilogiyada Kanelo Golovkinni mag'lub etdi

Las-Vegasda katta boks oqshomi yakuniga etdi.

Ushbu boks oqshomi Las-Vegasdagi "T-Mobile" arenasida bo'lib o'tdi. Kechaning markaziy jangida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik Saul Alvaresga qarshi jang o'tkazdi. Jang to'liq 12 raund davom etdi va unda Saul Alvares ochkolar evaziga (116:112, 115:113, 115:113) g'alaba qozondi.


Jang oqshomi doirasida qayd etilgan natijalar: 

Jessi Rodriges - Israel Gonsales - cuperengil vaznda WBC kamari uchun. G'olib - ochkolar evaziga Jessi Rodriges.

Ali Ahmedov - Gabriel Rosado. Ahmedov ochkolar evaziga g'alaba qozondi.

Ostin Uillyams - Kiron Konvey - o'rta vaznda WBA International kamari uchun. Jang g'olibi: 10 raundlik ochkolar hisobiga ko'ra Ostin Uillyams.



MATNLI TRANSLYACIYA:

SAHIFANI YANGILASH

---------------------------------------------------------------------------------------------

Kanelo - Golovkin. 12/12. So'nggi raundda bokschilar ochiq jangga kirishib ketishdi. Yakunda Kanelo ochkolar evaziga g'alaba qozondi.


Kanelo - Golovkin. 10/12. Kanelo yana faollikni oshirdi. 


Kanelo - Golovkin. 8/12. Golovkin ham nihoyat aniq zarbalar bermoqda. Agar "laki panch" evaziga raqibini ushlab olmasa, GGG ushbu jangni boy beradi. 


Kanelo - Golovkin. 6/12. Bokschilar ko'p ham tavakkal qilayotganlari yo'q. Tan olish kerak, bundan ortig'ini kutyapmiz. Hali qizig'i oldinda deb umid qilamiz. 


Kanelo - Golovkin. 5/12. Saul Alvares ustunlik namoyish etmoqda. 


Kanelo - Golovkin. 2/12. Bokschilar faollashishdi. Kaneloda kichik ustunlik. 


Kanelo - Golovkin. 1/12. Dastlabki raundda Kanelo nisbatan faol harakat qildi. 


JANG BOSHLANDI!


Kechaning asosiy jangi boshlanmoqda. Bokschilar sharafiga Qozog'iston va Meksika madhiyalari, shuningdek mezbon AQSH madhiyasi yangradi. 




Rodriges - Gonsales. 12/12. So'nggi raund. Ushbu raundda ham Gonsalesning kichik bo'lsa-da ustunligi sezildi. Demak, jang g'olibi ochkolar evaziga - Rodriges.

Rodriges - Gonsales. 11/12. Gennadiy Golovkin va Saul Alvares jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib borishmoqda. Mazkur jangda esa ikkala bokschi ham birdek ochiq jang qilishmoqda. OOOO, Rodriges hozir kuchli zarba o'tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushib qoldi.

Rodriges - Gonsales. 7/12. Bokschilar mana endi ochiq jangga kirishishdi. 

Rodriges - Gonsales. 3/12. Bu raundda esa Gonsales zarbalar texnikasini ko'rsatib qo'ydi. Yani Rodrigesga qaraganda ko'proq va aniqroq zarbalar yo'lladi u.

Rodriges - Gonsales. 2/12. Bu raundda Rodriges bo'y utunligidan foydalangan holda masofadan jang qilib kuchli zarbalar yo'llay oldi. Ammo yaqqol ustunlik yo'q.

Rodriges - Gonsales. 1/12. Bokschilar asosan masofaviy jang o'tkazishdi.

Rodriges - Gonsales. 1/12. Jangchilar ringga chiqib kelishmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------


Ahmedov - Rosado. 10/10. Demak, jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra kutilganidek qozog'istonlik ALIIII AHMEDOOOOV.

Ahmedov - Rosado. 9/10. Ahmedov ochkolar bo'yicha jangda ustunlik qilmoqda. 80-72.

Ahmedov - Rosado. 6/10. Rosado ham asta-sekin hujumlar sonini ko'paytirib bormoqda. Avvalgidek bir tomonlama ustunlik yo'q ikkala bokschida ham. 

Ahmedov - Rosado. 3/10. Ali Ahmedov bu raundda ham ustunlik qildi. Hozircha u ochkolar hisobiga ko'ra g'oliblikka davo qilsa bo'ladi.

Ahmedov - Rosado. 2/10. Yon Qo'shnimiz Ali Ahmedov ring markizini butunlay o'ziniki qilib oldi.

Ahmedov - Rosado. 1/10. Bektemir Meliqo'zievni nokautga uchratgan braziliyalik Gabriel Rosado hamda qozog'istonlik Ali Ahmedov o'rtasidagi jang ham start olmoqda. Dastlabki raundda bokschilar tom manoda bir-birlarini o'rganishdi. Biror bokschida yaqqol ustunlik yo'q hozircha.

---------------------------------------------------------------------------------------------


Uillyams - Konvey. 10/10. Bo'ldi, jang yakunlandi. G'olib kutilganidek OSTIN UILLYAMS.

Uillyams - Konvey. 9/10. Uillyamsga faqatgina nokaut etishmayotgandek. Konvey aynan shu yo'l bilangina jangni o'ziniki qilib ketishi mumkin.

Uillyams - Konvey. 8/10. 8-raundda Konvey muvozanatni biroz tiklagandek bo'lmoqda. Ammo baribir ring markazini Uillyams o'ziniki qilib olgan.

Uillyams - Konvey. 7/10. Haaa, Uilyamsdagi bo'y ustunligi hozircha o'z so'zini aytmoqda. Ushbu jang ham markaziysi singari o'rta vaznda bo'lib o'tmoqda. Qizig'i, mazkur jang ham chempionlik kamari uchun bo'lib o'tmoqda.

Uillyams - Konvey. 6/10. Jang 10 raundga mo'ljalllangan va unda hozircha kuchlar teng kelayotganini ko'rishimiz mumkin.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Boks oqshomining asosiy kard janglari start oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing