So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

24 sen 08:17
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi

Teglar :  Voleybol
Kutilganidek oltin medalni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi qo'lga kiritdi

Toshkentda o'tkazilgan voleybol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida 4-tur o'yinlari bilan joriy yilgi mamlakat chempionati o'z yakuniga etdi. Unda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

4-turda ular 6ta o'yindan 5tasini o'z foydalariga hal qildi, faqat Nukus davlat pedagogika institutining voleybolchi qizlari O'zDJTSU talabalaridan ustun kelishdi. Aynan ushbu g'alaba yakunda nukusliklarning kumush medalga sazovor bo'lishini ham taminlab berdi. Ular bronza medali sohibi bo'lgan “Andijon” jamoasidan 2 ochkoga uzib ketishdi. Kuchli uchlikni esa andijonlik voleybolchi qizlar yakunlab berishdi.

CHempionat yakunida 43 ochko jamg'argan “Namangan” jamoasi 4-o'rin bilan cheklangan bo'lsa, keyingi o'rinlarni mos ravishda “JDPI-Ziyokor” (Jizzax), “Xorazm” hamda Farg'ona davlat universiteti jamoalari band etishdi. Farg'onaliklar chempionat davomida bironta ham ochko jamg'ara olishmagani achinarli hol albatta.

Musobaqa tugagach, chempionat g'olib va sovrindorlari medal hamda tegishli diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston XXVIII milliy chempionati.

Yakuniy holat

T/r Jamoalarning nomi Ochko

1 SKUF 66

2 NDPI (Nukus) 54

3 “Andijon” 52

4 “Namangan” 43

5 “JDPI-Ziyokor” (Jizzax) 19

6 “Xorazm” 18

7 FarDU (Farg'ona) 0


Reyting:    

Fikrlar

   
24 sen 14:07:44
Alibek1990
https://youtube.com/channel/UC2xELx1WxIQAarWDTEJ8b-w https://youtube.com/channel/UC2xELx1WxIQAarWDTEJ8b-w
UZBEKCHA SPORT PROGNOZLARI kanaliga obuna boʻling bu yerda ishonchli sport prognozlari berib boraman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing