So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

12 iyu 11:19
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionatida uzoq yillardan beri ilk marotaba 26 ta jamoa ishtirok etdi

Teglar :  Voleybol
O'zbekistonda jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga shahsan mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan etibor qaratilgan.


SHunga monand ravishda Milliy olimpiya qo'mitasi bu yo'nalishda ham talaygina islohotlar olib bormoqda. Sport o'yinlarini rivojlantirish O'zbekistonda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning bergan ko'rsatmalari asosida Toshkent viloyatining Parkent tumanida voleybol bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi. Bahslarda 26ta (13ta jamoa o'g'il bolalar, 13ta jamoa qizlar) jamoa qatnashgani mamlakatimizda voleybolning ommalashayotganidan darak bermoqda.

O'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan bellashuvlarning hal qiluvchi final bahsiga Andijon va Qashqadaryo viloyati jamoalari etib borishdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda andijonlik yigitlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda esa Qoraqalpog'iston terma jamoasi vakillari sirdaryolik raqiblarini 3:1 hisobida mag'lub etib, sovrindorlar qatoridan joy oldilar.

Qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqaning finaliga esa Jizzah hamda Buxoro jamoalari etib kelishdi. Murosasiz kechgan bahsda o'ziga xos xarakter ko'rsata olgan jizzaxliklar 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qildilar. Xorazm jamoasi esa farg'onalik raqiblarni 3:2 hisobida mag'lub etib, uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.


Musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalarga Milliy olimpiya qo'mitasining medal, diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.


«Musobaqa qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Jamoalarning kuchi bir-biriga yaqinligini alohida qayd etib o'tish lozim. Tashkiliy tomonlama ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan ekan. SHaroitlar juda yaxshi. Bahslarda 13 ta jamoa ishtirok etdi. Hakamlik borasida ham muammolar bo'lgani yo'q. Musobaqa davomida qashqadaryolik sportchilar jisoniy tayorgarligi evaziga qolganlardan ajralib turishdi», – dedi Andijon viloyati jamoasi murabbiyi Baxtiyor Xatamov.

Qayd etish lozimki, Milliy olimpiya qo'mitasi bundan keyin ham jamoaviy sport turlarini rivojlantirishda davom etadi. Voleybol qatorida shuningdek, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey kabi sport turlarida ham jiddiy islohotlar olib boriladi. Maqsad Olimpiya va Osiyo o'yinlari kabi kompleks musobaqalarda sport o'yinlari bo'yicha ham sovrinli o'rinlarga ega chiqish. Ushbu sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iboratdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing