So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

25 may 10:04
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Ilk bor o'tkazilgan mamlakat chempionatida andijonlik faxriylar tengsiz

Teglar :  Voleybol
Urganch shahrida voleybol bo'yicha faxriylar o'rtasida tarixiy birinchi O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Musobaqada 7 ta jamoa g'oliblik uchun bahs olib bordi.

“A” guruhida Andijon viloyati faxriylari barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, guruh g'olibi sifatida yarim finalga yo'l olgan bo'lsa, Qoraqalpog'iston Respublikasi faxriylari ikki g'alaba va bir mag'lubiyat bilan ikkinchi bo'lishdi.

“B” guruhida farg'onaliklar yuz foizlik natija bilan 1-o'rinni egallagan bo'lishsa, Namangan viloyati faxriylari buxoroliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.

Yarim finalda quyidagi natijalar qayd etildi:

Andijon – Namangan – 2:1

Qoraqalpog'iston Respublikasi – Farg'ona – 2:0.

Finalda tanish raqiblar to'qnash kelishdi. Odatda ikki jamoa bir musobaqa davomida ikki bor ro'baro' kelsa, ko'p hollarda guruh bosqichida g'olib bo'lgan jamoa finalda imkoniyatni boy berib qo'yadi. Ammo, voleybol bo'yicha faxriylar o'rtasida birinchi O'zbekiston chempionatida bunday holat kuzatilmadi. Andijonlik faxriy voleybolchilar ikkinchi to'qnashuvda ham qoraqalpog'istonlik raqiblarini ayab o'tirishmadi: 25:10, 25:11.

SHu tariqa O'zbekiston chempionatining oltin medali Andijon viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, kumush medalni qoraqalpog'istonlik faxriylar qo'lga kiritdi. Namangan viloyati jamoasi esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing