So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 dek 07:48
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: O'zbekiston superkubogida ayollar musobaqani yakunladi

Teglar :  VoleybolSuperkubok
Toshkent davlat transport universiteti sport zalida voleybol bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston superkubogi uchun musobaqa boshlangan edi.

Unda joriy yilgi mamlakat chempionlari hamda kubogi sohiblari o'zaro kuch sinashmoqda.

Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lmish Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi dastlabki o'yinda mamlakat kubogi finalchisi Jizzax viloyati termasi ustidan ishonchli g'alabaga erishgan edi – 3:0. Bugun bo'lib o'tgan ikkinchi kun bahslarida ham ushbu jamoalar bahs olib borishdi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda qoraqalpog'istonlik qizlarning qo'li yana bir bor baland keldi (3:0) va O'zbekiston superkubogini qo'lga kiritishdi.

Erkaklar o'rtasida esa OTMK jamoasi hamda Samarqandning “O'ztelekom” jamoasi o'zaro bahs olib bormoqda. Birinchi o'yinda chempionatning oltin medallarini qo'lga kiritgan OTMK jamoasi voleybolchilari mamlakat kubogi sohibi Samarqandning “O'ztelekom” jamoasi ustidan – 3:1 hisobi bilan g'alaba qog'ongan edi.

Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda Samarqandning “O'ztelekom” jamoasi kechagi mag'lubiyatdan kerakli hulosa chiqargan ko'rinadi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 0:3. Endi jamoalar ertaga hal qiluvchi bahslarga kirishadi. Umumiy hisob hozircha 1:1 bo'lib turibdi. Bugun bo'lib o'tadigan bahsda g'alaba qozongan jamoa erkaklar o'rtasida O'zbekiston superkubogini qo'lga kiritadi.

SHuningdek, voleybol sportiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan bir qator murabbiylar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing