So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

24 apr 19:26
Yangiliklar

Voleybol

Voleybolni rivojlantirish bo'yicha qo'shni davlatlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  Voleybol
Kecha Afg'oniston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Yunus Popalzay hamda Tojikiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Muhib Latipov O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Ularni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.

Mehmonlar ushbu tashrif davomida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va uning qoshida tashkil etilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. SHundan so'ng tomonlar o'rtasida kelgusi rejalar muhokama qilib olindi. Muloqot jarayonida MOQ raisining o'rinbosari SHerzod Toshmatov, O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To'laganova, O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Husan Nasrullaev, sohil voleyboli bo'yicha qozog'istonlik ekspert Dmitriy Vorobyov ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, rasmiylar «Toshkent-2025» IV yoshlar Osiyo o'yinlari, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalalari bo'yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirishdi. SHuningdek, tomonlar o'z davlatlarida taekvondo, tennis kabi sport turlarini yanada rivojlantirish borasida o'zaro fikr almashishdi.

Suhbatda Yunus Popalzay yaqinda taekvondo bo'yicha tashkil etilgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini yuqori saviyada o'tkazilgani uchun O'zbekiston taekvondo associaciyasiga minnatdorlik bildirib, qo'shma hamkorlikni Iordaniyada bo'lib o'tadigan licenzion turnir va Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida ham yo'lga qo'yishni taklif qildi. SHuningdek, O'zbekiston va Afg'oniston Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash masalalari ham muhokama qilindi.

SHundan so'ng muzokaralarning amaliy tasdig'i sifatida O'zbekiston va Afg'oniston voleybol federaciyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir yakunida MOQ Bosh kotibi qo'shni mamlakatlar bilan yo'lga qo'yilayotgan bunday hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirib, mehmonlarga estalik sovg'alarini taqdim etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing