«U davogarlik jangida Brayan Ortega bilan jang qildi va mag'lub bo'ldi, ammo keyin yaxshi jangda g'alaba qozondi va Maks Xollueyning jarohati unga chempionlik uchun imkoniyat berdi.
U juda uzoq vaqtdan beri yuqori pog'onada va o'n yildan ko'proq vaqt davomida davogarlardan biri bo'lib kelmoqda. U yana bir imkoniyatga ega bo'ldi, ammo men unga juda kuchli ekanligimni va butunlay boshqa darajada ekanligimni isbotlayman.
Ha, u zo'r va shuning uchun uni «Zombi» deyishadi, lekin uning «teshiklari» juda ko'p, men ulardan albatta foydalanaman. Men uni istalgan uslubda mag'lub etishim mumkin. Uni nokaut qilmoqchiman va o'z darajamni ko'rsatmoqchiman», - dedi avstraliyalik chempion Just Scrap Radio'ga.