So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

06 avg 17:27
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz ishtirokidagi "Qonaev Cup 2025" turnirida 2-tur partiyalari o'ynaldi

Qozog'istonning Olma-Ota shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli "Qonaev Cup 2025" turniri bo'lib o'tmoqda.

Uchta guruhda tashkil etilayotgan musobaqada 19 davlatdan jami 268 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Ushbu turnirda O'zbekiston sharafini 5 nafar shaxmatchimiz himoya qilyapti. 

Mukofot jamg'armasi 78 000 dollarni tashkil etuvchi "Masters" guruhida Muhammadzohid Suyarov (2488) va Humoyun Begmuratov (2466), 15 000 dollar sovrin puliga ega "Challengers" guruhida esa grossmeysterimiz Aleksey Barsov (2323), shuningdek Miraziz Matyakubov (2260) hamda Azamat Daurimbetov (2199) o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Ikkinchi turda Muhammadzohid Suyarov oq donalarda o'ynaganiga qaramay qozog'istonlik Ayaulim Kaldarova (2220)ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuv durang natija bilan yakuniga etdi. Suyarov 1-turda ham raqib bilan murosaga kelgandi. Humoyun Begmuratov esa oq donalarda mezbonlar vakili Ergali Suleyman (2408)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Muhammadzohid 1 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 42, Humoyun esa 0,5 ochko bilan 54-o'rinni band etgan. 

"Challengers" guruhida qatnashayotgan uch nafar vakilimizning bari 1-turda g'alabaga erishgandi. Ikkinchi turda esa kutilmaganda tajribali grossmeysterimiz Aleksey Barsov qozog'istonlik Isabek Tanikin (2110)ga yutqazib qo'ydi. Miraziz Matyakubov va Azamat Daurimbetov ketma-ket ikkinchi g'alabalarini tantana qilishdi. Ular mos ravishda qozog'istonlik shaxmatchilar Rizat Ulan hamda SHingis Borandan ustun keldi. Matyakubov va Daurimbetov 100 foizlik natija bilan peshqadamlar safida bormoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing