So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

07 avg 07:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Qozog'iston haqiqatdan ham Boltaev - Konsbekov jangi yuzasidan shikoyat qildimi?

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha U-22 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqa doirasida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHavkatjon Boltaev bir necha kun oldin o'zbek boksi tarbiyalanuvchisi, bugungi kunda Qozog'iston terma jamoasi nomidan musobaqalarda ishtirok etayotgan Aman Konsbekovni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.

Qozog'iston tomon ushbu jang natijasidan norozi bo'lgani va bu borada shikoyat kiritishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Biz ushbu masala yuzasidan O'zbekiston boks federaciyasiga murojaat qildik. Federaciya bosh kotibi SHohid Tillaboev esa ushbu vaziyat borasida munosabat bildirdi.

"Bu musobaqa World Boxing konstituciyasi va texnik qoidalari asosida o'tkaziladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, jang natijalari bekor qilinmaydi va qayta ko'rib chiqilmaydi. 

Bu jangda muxlislar g'alaba qozondi degan bo'lardim. Bahsda o'zbek boksining ikki ajoyib tarbiyalanuvchisi o'rtasidagi jangni tomosha qildik. Bu jangni finaldan oldingi final degan bo'lardim. Aman Konsbekov ham o'zbek boksi tarbiyalanuvchisi. U Qozog'iston terma jamoasi safiga borib qo'shilganiga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. U bilan munosabatlarimiz yaxshi. 

Qo'shimcha sifatida aytishim mumkinki, yigitlarning har ikkisi ham o'zbek boksi maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini inobatga olsak, bu O'zbekiston boksining qanday darajada ekanligini ko'rsatib berdi. Ularning ikkisi ham do'st, birgalikda ulg'ayishgan. SHuning uchun, bu mavzuda qandaydir "negativ" fikrlar bildirilmasligini istardim" - dedi SHohid Tillaboev saytimiz jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing