01 noy 15:15
Yangiliklar
UFC Fight Night 292 turnirining bonus sohiblari malum
Oqshomning asosiy jangida braziliyalik tajribali Renato Moykanoni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan avstraliyalik engil vazn toifasi vakili Tom Nolan "Kechaning chiqishi" uchun 100 000 dollarlik bonus olgan to'rt nafar jangchidan biriga aylandi.
SHuningdek, birinchi raundda janubiy koreyalik CHon Yon Li ustidan nokaut bilan g'alaba qozonganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgan amerikalik yarim engil vazn toifasidagi sportchi Julian Eros hamda tashkilot debyutantlari, eng engil vazn toifasida ishtirok etgan slovakiyalik Lyusiya Jabova va dastlabki kardda muddatidan oldin g'alaba qozongan amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Jozef Kropshot ham 100 000 dollarlik mukofot puliga sazovor bo'lishdi.
Muddatidan oldin g'alaba qozonganliklari uchun 25 000 dollarlik bonuslarni amerikalik yarim o'rta vazn toifasidagi sportchi Jan-Pol Lebosnoyani va braziliyalik yarim o'rta vazn jangchisi Rodrigo Sesinano qo'lga kiritdi. Ularning raqiblari jiddiy jarohatlar tufayli shifokor tomonidan jangdan chetlatilgan edi.

Fikrlar