So’nggi yangiliklar

17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0

31 okt 17:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Mungiya - Zon jangi g'olibi Bektemir Meliqo'ziev bilan to'qnash keladi

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) ikkinchi super o'rta vazn toifasida Jahon chempioni Xayme Mungiyaga 31 oktyabr kuni Ar-Riyodda Nikita Zonga qarshi titul jangini o'tkazish uchun maxsus ruxsat berdi.

WBA qo'mitasi qaroriga ko'ra, ruxsat tomonlar o'rtasidagi kelishuv asosida berilgan. Muzokaralarda Mungiya va Bektemir Meliqo'ziev jamoalari ham ishtirok etgan.

Bektemir Meliqo'ziev ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishining majburiy davogari bo'lib qoladi va Jahon chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini saqlab qoldi. Qarorga ko'ra, Mungiya — Zon jangidan keyin majburiy himoya bo'yicha muzokaralar boshlanishi kerak.

Agar Mungiya g'alaba qozonsa, keyingi jangini Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi shart. Zon g'alaba qozonib, chempionlik majburiyatlarini qabul qilsa, u ham navbatdagi himoyani o'zbekistonlik bokschiga qarshi o'tkazishi kerak.

Jang durang bilan tugasa yoki Mungiya kamarini saqlab qoladigan boshqa natija qayd etilsa ham, meksikalik bokschi keyingi titul jangini Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi lozim.

Agar Riyoddagi jang 31 oktyabr kuni belgilangan vaqtda o'tkazilmasa va WBA alohida qaror chiqarmasa, maxsus ruxsat bekor qilinadi. Bunday holatda Mungiya majburiy himoya jangini o'tkazishi yoki kamar bo'yicha tegishli qoidalarga amal qilishi kerak bo'ladi.

SHu tariqa, WBA tashkiloti Mungiya — Zon jangiga ruxsat berish bilan birga, Bektemir Meliqo'zievning majburiy davogar sifatidagi huquqini ham saqlab qoldi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing