31 okt 11:59
Yangiliklar
Terma jamoamizning so'nggi guruhi Jahon chempionatiga yo'l oldi
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan terma jamoamizning navbatdagi guruhi Ninbo shahriga jo'nab ketdi. Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi va rekordchisi Akbar Jo'raev ham bor.
Sportchilar - Akbar Jo'raev, SHarofiddin Amriddinov, Muhammadqodir Toshtemirov
Murabbiy: Bahrom Mendiboev
Nigora Abdullaeva (-53 kg) jahon chempionatida 6-o'rinni egallagan bo'lsa, Adhamjon Ergashevning chiqishi omadsiz kechgandi.
Jahon chempionatiga yo'l olgan tarkib:
Erkaklar:
- 65 kg — Adhamjon Ergashev
- 85 kg — Sarvarbek Zafarjonov
- 95 kg — Muhammadqodir Toshtemirov
- 110 kg — Akbar Jo'raev
- +110 kg — SHarofiddin Amriddinov
Ayollar:
- 53 kg — Nigora Abdullaeva
- 86 kg — Rigina Adashbaeva
- 86 kg — Nigora Suvonova
Jahon chempionati 8 noyabrga qadar davom etadi.

Fikrlar