30 okt 20:56
Yangiliklar
Jeyk Pol dekabr oyida Dubaydagi turnirda ringga qaytadi
29 yoshli amerikalikning so'zlariga ko'ra, uning ringga qaytish sanasi aniqlangan, ammo raqibining ismi hozircha nomalum qolmoqda.
"Rojdestvo arafasida men yagona narsani xohlayman – bu Dubayda boks qilish! Men odamlarga ular xato qilishini isbotlash uchun yillar sarfladim, ko'pchilik men bilan uchrashishga botinmaydi deb o'ylagan raqiblar bilan janglarda xavfga qo'l urdim va o'zimni sinab ko'rdim. Bu voqealarning hech biri o'zimga va men erishishni istagan narsalarga bo'lgan ishonchimni so'ndirmadi.
Men har qachongidan ham ko'proq g'alabaga chanqoqman va payshanba, 24 dekabr kuni Dubayda ringga qaytaman, yo'limning yangi bobini boshlash uchun. Dubay – bu katta fikrlaydigan, stereotiplarni buzadigan va chegaralarni tan olmaydigan shahar. Aynan shunday joyda men o'z qaytishimni amalga oshirishni xohlayman.
Bizning ro'yxatimizda ko'plab ismlar bor. Ko'ramiz, ulardan qaysi biri shartnomaga imzo chekadi. Dubay, Rojdestvo muborak bo'lsin! Santa Pol shaharga kelmoqda va kimdir nokautga uchraydi", – deb yozdi Pol ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan rasmiy matbuot bayonotida.
Jeyk Pol oxirgi marta o'tgan yilning dekabr oyida ringga chiqqan edi, o'shanda u og'ir vazn bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga oltinchi raundda nokaut bilan yutqazgan edi, Joshuaning so'nggi zarbasi uning ikki joyidan jag'ini sindirgandi.

Fikrlar