So’nggi yangiliklar

19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0

30 okt 18:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya 2026 yilning eng tijoriy sport yulduzlari reytingida Joshua, Usik va CHimaevni ortda qoldirdi

UFC`ning engil va yarim engil vazn toifalarida sobiq chempioni Iliya Topuriya SportsPro nashrining 2026 yilning eng tijoriy sport yulduzlari ro'yxatida yagona jang sanatlari vakili bo'ldi.

Yilda bir bor nashr etiladigan ushbu reytingda 150 nafar sportchi o'rin olgan, "El Matador" esa ushbu ro'yxatda 41-o'rinni egallab turibdi. Jang sanatlari sohasidagi unga eng yaqin taqibchi britaniyalik bokschi Entoni Joshua bo'lib, u 52-o'rinni band etgan. SHuningdek, ispan-gruzin jangchisi Saul "Kanelo" Alvares (61), Xamzat CHimaev (62), Aleksandr Volkanovski (93), Tayson Fyuri (100), Aleksandr Usik (109) va Maks Xollouey (136) singari sport yulduzlarini ortda qoldirgan.

Nashr malumotlariga ko'ra, dastlab 1202 nafar sportchi tanlab olingan, so'ngra ro'yxat 247 nomzodgacha qisqartirilgan. Bunda 2025 yil 1 iyuldan 2026 yil 30 iyungacha bo'lgan davrdagi malumotlarga tayanilgan. Bu esa Topuriyaning Oq uy UFC turnirida Jastin Getjiga imkoniyatni boy bergani uning o'rniga tasir qilmasligini bildiradi.

Sportchilar uchta asosiy toifaga birlashtirilgan 27 ta mezon bo'yicha baholangan:

Brendning kuchi (Brand Equity): Sportchining brendi hozirda qanchalik kuchli, tan olingan va ishonchli?

O'sish dinamikasi (Momentum): Sportchining tijoriy qiymati qanchalik tez o'smoqda?

Tijoriy istiqbollar (Commercial Trajectory): Kelajakda tijoriy o'sish uchun qanchalik katta potencial mavjud?

Topuriya brend kuchi uchun 45 ballning 20.16 tasini, o'sish dinamikasi uchun 40 ballning 33.21 tasini va tijoriy istiqbollar uchun 15 ballning 7.74 tasini olgan. Natijada uning yakuniy bahosi 100 ballning 61.11 tasini tashkil etgan.


Reytingni 80.95 ball bilan belaruslik tennis yulduzi Arina Sobolenko boshqarmoqda. 

Takidlash joizki, 2017 yilda ushbu reytingni Entoni Joshua boshqargan edi, u Vladimir Klichkoni og'ir vazn bo'yicha IBF, WBA va IBO chempionlik kamarlarini birlashtirgan jangda mag'lub etgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing