30 okt 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Dyubua Jozef Parkerga qarshi WBO kamarini himoya qilishi mumkin
Og'ir vaznda WBO yo'nalishi chempioni Daniel Dyubua va yangi zelandiyalik Jozef Parker o'rtasidagi jang 30 yanvar kuni Angliyada o'tkazilishi mumkin.
The Ring manbalariga ko'ra, tomonlar ushbu jangni tashkil etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Jang uchun Londonning O2 Arena yoki Manchesterdagi Co-op LIVE arenasi ehtimoliy mezbon sifatida ko'rilmoqda. Hozircha sana va joy rasman tasdiqlanmagan. Aslida Dyubua va Parker 2025 yil fevralida o'zaro jang qilishi kerak edi. Biroq Dyubua jangga bir hafta qolganda kasalligi sabab bahsdan voz kechgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar