30 okt 08:31
Yangiliklar
Striklend - Imavov revansh jangining qachon o'tkazilishi aytildi
Manbaning xabar berishicha, ushbu chempionlik jangi 2027 yilning fevralida AQSHning Florida shtatida o'tkazilishi mumkin.
Bu haqda MMA Junkie sharhlovchisi Mayk Bon malum qildi. Jang bo'yicha kelishuv yakuniy bosqichga yaqinlashgan va shartnoma allaqachon imzolangan yoki imzolanish arafasida bo'lishi mumkin.
"Keyingi raqib Imavov bo'ladi. Eshitishimcha, jang shartnomasi imzolangan yoki shunga juda yaqin. To'qnashuv fevralda Floridada bo'lishi kerak", — dedi u.
Hozircha UFC jangning aniq sanasi, manzili yoki turnirini rasman elon qilmagan.
Striklend va Imavov avval ham oktagonda to'qnash kelgan. Ularning 2023 yil yanvaridagi jangida amerikalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
Fikrlar