29 okt 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachevning murabbiyi Islamning MMAdan ketishidan oldin kimlar bilan jang qilishini ko'rishni istashini oshkor qildi
UFC`ning yarimog'ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni, 35 yoshli rossiyalik Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes, o'z shogirdini MMAdan ketishidan oldin kimlar bilan jang qilishini ko'rishni istaganini aytib berdi.
"Bu mening xayolimda, tushunyapsizmi? Islamning emas, mening. Men Prates, Morales haqida o'ylayapman, agar SHavkat Rahmonov qaytsa, unda SHavkat haqida, keyin esa u davom etmoqchimi yoki yo'qmi, ko'ramiz. Bu mening istaklarim ro'yxatidagi uch jangchi, Islamning emas. Tushunyapsizmi, oxir-oqibat, agar Islam yana bir jang o'tkazib, shu bilan hammasi tugasa, mening istaklarim ro'yxatim bekor bo'ladi", — deya Mendesning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sherdog portali.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar