29 okt 16:38
Yangiliklar
III Yoshlar Olimpiadasida ishtirok etadigan Qozog'iston delegaciyasi tarkibi elon qilindi
Qozog'iston delegaciyasi Yoshlar Olimpiadasida 18 sportchi 11 ta sport turida medallar uchun kurash olib boradi.
Tashkiliy qo'mita barcha davlatlarga juda kam kvotalar taqdim etgani bois, Olimpiya o'yinlarida mamlakatlar ixcham tarkib bilan qatnashadi. Masalan, dzyudo musobaqasida bor yo'g'i bir nafar hamyurtimiz tatamiga chiqadi. Boisi, aynan bittagina kvota taqdim etilgan.
Qozog'iston terma jamoasi tarkibi:
Taekvondo: Lyubov Yun
Triatlon: Ramazan Aynegov
Engil atletika: Margarita Kosinova (400 metrga to'siqlarosha yugurish), Maksim Sajnev (disk uloqtirish)
Sport gimnastikasi: Eva Tacieva, Andrey Terman
Boks: Aknur Tursingali, Maral Tolepbergen, Bibaris Ashirbay
Velosport shosse: Anel Tashbay, Gleb Novikov
Dzyudo: Fatima Supigalieva
Sohil voleyboli: Orazali Saginish, Alixan Agabek
Suzish: Anatoliy Rudenko, Darya CHesnokova
Qilichbozlik: Aybar Kayim (sablya)
Breyking: Ayzara Jumabekova
Malumot uchun, III Yoshlar Olimpiya o'yinlari 31 oktyabr - 13 noyabr kunlari oralig'ida Senegal poytaxti Dakar shahrida bo'lib o'tadi. Afrika qitasida ilk bor Olimpiya o'yinlari tashkil etilmoqda.

Fikrlar