So’nggi yangiliklar

10:17Бектемир яна кутадиган бўлди. Мунгия расман рус боксчисига қарши жанг ўтказади 0 09:30Бибисара қўнғироқ чалиб бошлаб берган Clutch Chess турнирининг иккинчи куни Жавоҳир қандай натижа қайд этди? 0 08:58Халқаро дзюдо куни муносабати билан байрам тадбири ўтказилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:23Англия лига Кубоги. "Манестер Сити" "Брайтон"ни енгди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди 0 07:46Тошкентда яна катта спорт байрами: Ислам Махачев ва Федор Емельяненко келадиган Жаҳон чемпионатига оз қолмоқда! 0 07:02Ян ва Двалишвилининг трилогия учун гонорари айтилганидан бироз кўпроқ бўлиб чиқди 0 23:13Волкановски ва Мовсар Евлоевнинг гонорарлари маълум 0 22:38UFC 337 турнирининг асосий жанги айтилди 0 21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0 20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0

29 okt 09:30
Yangiliklar

SHaxmat

Bibisara qo'ng'iroq chalib boshlab bergan Clutch Chess turnirining ikkinchi kuni Javohir qanday natija qayd etdi?

AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilayotgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirida dunyoning to'rt nafar grossmeysteri, shu jumladan Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.

Bu turnir Javohir uchun hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi Jahon toji uchun match oldidan so'nggi sinov bo'lmoqda. Musobaqaning mukofot jamg'armasi 425 000 AQSH dollarini tashkil etadi. 

Turnirning ikkinchi kunini Sindarov mag'lubiyat bilan boshladi. Hamyurtimiz hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhani ilk partiyani yutqazib qo'ydi. Keyin esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, raqibini taslim etdi va ilk uchrashuvdagi mag'lubiyat uchun munosib revansh oldi. Ikkinchi turda Javohir AQSH vakili Fabiano Karuana bilan bir mag'lubiyat va bir durangga rozi bo'ldi. Uchinchi turdan o'rin olgan Javohir Sindarov - Hikaru Nakamura (AQSH) uchrashuvining har ikki partiyasida ham murosa yo'li tanlandi. 

SHu tariqa, grossmeysterimiz ikkinchi kungi bahslardan so'ng 8,5 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida 2-o'rinni saqlab qoldi. Javohir o'z hisobiga hozircha 3000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'shib qo'ydi. Fabiano Karuana hisobida ham 8,5 ochko bor. Birinchi turdan so'nggi o'rinda bo'lgan Rameshbabu Praggnanandha 11 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. Hikaru Nakamura hisobida 8 ochko bor. 

Malumot uchun, turnirda har bir shaxmatchi 18 tadan rapid partiya o'ynaydi. Vaqt nazorati — 10 daqiqa va har bir yurishga 5 soniya qo'shib beriladi.

Turnirning o'ziga xos jihati — g'alaba uchun beriladigan ochkolar har kuni ortib boradi:

1-kun — 1 ochko

2-kun — 2 ochko

3-kun — 3 ochko

Demak, bugun o'tkaziladigan so'nggi kungi bitta g'alaba birinchi kundagi uchta g'alabaga teng bo'ladi. Yani, g'alabaga 3 ochko beriladi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing