28 okt 16:46
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Turnirda 59 davlatdan kelgan jami 374 (221 erkak, 153 ayol) nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida medallar hamda qimmatli Olimpiya reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 13 nafar dzyudochisi ham bor.
Etiborga molik jihati, Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida Diyora Keldiyorova ham ishtirok etadi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni ilk davrada meksikalik Paulina Martinezga qarshi tatamiga chiqadi. G'alaba qozongan taqdirda isroillik Gefen Primo vakilamizni qarshi oladi.
Biroz avval Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniriga qura tashlash marosimi o'tkazilib, dzyudochilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov — Pedro Karlos Antun Neto (Avstraliya)
-66 kg: Dilshodbek Hamroev — Yusuf Nurkovich (CHernogoriya)
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov — Kristos Dimitriadi (Kipr)
-90 kg: Umar Bozorov — Umar Rasulov (Tojikiston)
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov — Marselo Gomes (Braziliya)
-100 kg: To'lqinbek Turdiev — Jahongir Majidov (Tojikiston)
AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Konul Alieva (Ozarbayjon)
-52 kg: Sita Kadamboeva — Tereza Bodnarova (CHexiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova — Paulina Martinez (Meksika)
-70 kg: SHirinjon Yuldasheva — Nika Koren (Sloveniya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva — Luana Karvalo (Braziliya)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Dandara Kamillo (Braziliya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Madina Kaysinova (Ozarbayjon)
Fikrlar