28 okt 07:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
CHernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Murosasiz janglarga boy kechgan dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi munosib tarzda ishtirok etib, 4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza — jami 8 ta medalni qo'lga kiritdi.
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz yillar davomida mustahkamlab kelayotgan jahonda etakchilik ananasini yoshlarimiz ham munosib davom ettirdi. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, o'zbek boksining kelajagi ishonchli qo'llarda ekanini yana bir bor namoyon etgan holda, jahonda tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Qizlarimiz ham ortda qolishmadi. Ular 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, terma jamoamizning umumiy natijasiga munosib hissa qo'shishdi.




Havola :
Fikrlar