27 okt 14:31
Yangiliklar
Volkanovski Topuriya bilan revansh o'tkazishga tayyor
Avstraliyalik jangchining aytishicha, agar ushbu bahs engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun tashkil etilsa, unga qiziq bo'ladi.
Volkanovski Topuriyadan avvalgi mag'lubiyati uchun revansh olishni istashini, shu bilan birga ular o'rtasida shaxsiy adovat yo'qligini takidladi. U Topuriyani kuchli jangchi sifatida baholab, yana bir bor u bilan kuch sinashishni xohlashini aytdi.
Hozirda engil vazn toifasi chempionlik kamari Jastin Getjiga tegishli. Volkanovskining fikricha, agar Getji faoliyatini yakunlab, kamarni vakant qoldirsa, Topuriya bilan chempionlik jangi uchun imkoniyat paydo bo'lishi mumkin.
Volkanovski va Topuriya ilk bor 2024 yil fevralida UFC 298 turnirida uchrashgan. O'shanda Topuriya ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan va Volkanovskidan yarim engil vazn chempionlik kamarini tortib olgandi.
Fikrlar