20 okt 19:00
Yangiliklar
"Ortga yo'l yo'q edi". Magomed Ankalaev Pereyra qarshi jangdagi mag'lubiyat sababini aytdi
UFC’ning sobiq chempioni Magomed Ankalaev jarohatiga qaramay, Aleks Pereyraga qarshi ikkinchi jangdan nima sababdan chiqmagani haqida gapirdi.
"Jangdan oldin jarohatlarim bor edi. SHifokor bilan jangdan chiqish masalasini ham muhokama qildim. Janggacha bo'lgan bir oyni davolanish va tiklanishga sarfladim. To'liq mashg'ulot o'tkaza olmadim, sparringlarda ham to'laqonli qatnasholmadim. Tayyorgarlik davomida katta mehnat qildim. Menga jangdan chiqishimni aytishdi, ammo o'zimni tayyor deb hisoblardim.
Vazn tashlash jarayonida ishlar unchalik yaxshi emasligini tushuna boshladim. Lekin endi orqaga yo'l yo'q edi, o'zimni yomon his qilayotganimni ayta olmasdim. Nima bo'lgan bo'lsa, shu bo'ldi.
Men shunday odammanki, boshimni urib olmagunimcha tushunmayman.
CHempionlik kamari uchun jang qilish muhimroqmi yoki Pereyraga qarshi revanshmi? Albatta, kamar uchun jang muhimroq. Pereyraga qarshi revanshda esa mag'lubiyatim tasodif bo'lganini, u meni mag'lub eta olmasligini isbotlashni xohlayman", — dedi Ankalaev.
Fikrlar