27 okt 10:45
Yangiliklar
Sport kurashlari
Aytjan Xalmaxanov Jahon chempionligi uchun finalda kurashadi
Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston vakili Aytjan Xalmaxanov (-67 kg) yarim finaldagi ishonchli chiqishi orqali hal qiluvchi bahs yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bugun Xalmaxanov ikkinchi jahon chempionligi uchun gilamga chiqadi. Finalda unga eronlik Said Leiveysi raqiblik qiladi.
Final
-67 kg: Aytjan Xalmaxanov — Said Leiveysi (Eron)
SHuningdek, yana ikki nafar O'zbekiston vakili bronza medali uchun bahs olib boradi.
Bronza medali uchun
-63 kg: Ozodbek Xalimboev — Edmond Nazryan (Bolgariya) / Korneliu Rusu (Moldova) / Aftandil Talaybek ulu (Qirg'iziston)
-87 kg: Muhammadqodir Rasulov — Islam Abbasov (Ozarbayjon) / Lasha Gobadze (Gruziya).
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar