07 fev 17:03
Yangiliklar
Sport kurashlari
Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turniri chempioniga aylandi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xorvatiya poytaxti Zagrebda yunon-rum kurashi bo'yicha Zagreb Open xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.
Unda qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kunida oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ushbu medalni iqtidorli polvonimiz Aytjan Xalmaxanov keltirdi. -67 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz barcha raqiblarini mag'lub etib, “klassik” kurashchilarimizning joriy yildagi ilk medaliga mualliflik qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar