16 noy 14:15
Yangiliklar
Zagreb Grand Prix 2026 turnirini ikkita medal bilan yakunladik
Ikki yarim yillik tanaffusdan so'ng professional faoliyatini qayta tiklagan Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova bronza medalini qo'lga kiritdi. SHuningdek, u o'z hisobiga Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi yo'lidagi 350 reyting ochksini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Muhimi, Diyora sekin-asta avvalgi sport formasiga kirib bormoqda.
-81 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz Murodjon Yo'ldoshev esa finalga qadar etib borib, kumush medalga sazovor bo'ldi. Yo'ldoshev hisobiga 490 reyting ochkosi qo'shildi.
Terma jamoamiz azolaridan Olimpiya o'yinlari sovrindori Davlat Bobonov, shuningdek, Azizbek Ortiqov, Arslonbek Tojiev esa saralash bosqichidayoq raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan 66 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi.




Fikrlar