So’nggi yangiliklar

11:40Мадрид мэри ЖЧ-2030 ҳақида: "Агар финал Испанияда ўтмаса, бу ҳақорат бўлади" 0 11:40Де ла Фуэнте Испаниянинг Англиядан учраган мағлубияти ва тўхтатилган тарихий серия ҳақида гапирди 0 11:09WBA Мунгия ва Мелиқўзиев ўртасидаги чемпионлик жанги учун янги буйруқ берди 0 10:38UFC жангчиларининг Ган - Хокит жангига муносабати: "UFC`нинг энг яхши оғир вазн жанги!" 0 10:07Уч кундан кейин Шимкентда жанг қиладиган Одилхоннинг рақиби ўзгарди + ПОСТЕР 0 09:36Англия терма жамоаси Испаниянинг рекордига чек қўйди 0 09:05Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 08:3419 ёшли Мирра Андреева Якуний WTA турнири чемпиони бўлди 0 08:03Total Chess. Абдусатторов иштирок этган турнирда 1/2 финалчилар аниқланди 0 07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0

16 noy 11:40
Yangiliklar

Futbol

De la Fuente Ispaniyaning Angliyadan uchragan mag'lubiyati va to'xtatilgan tarixiy seriya haqida gapirdi

Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi guruh bosqichi 6-turi doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan va angliyaliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uy uchrashuvini sarhisob qildi.

"Dastlabki 30 daqiqada ular bizning o'yin tempimizni buzishdi va yaxshiroq harakat qilishdi. Ammo men avvalroq, mag'lub bo'lmayotganimizda aytgan iboramni yana takrorlayman: "Eng yaxshisi hali oldinda". Tomoshabinlar bizga taqdim etgan qo'llab-quvvatlash yuqori darajada bo'ldi va men ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Angliya terma jamoasining bugungi o'yini biz bosib o'tgan yo'l naqadar qiyin bo'lganini ko'rsatdi. Mag'lubiyatsiz seriyani saqlab qolish uchun kurashishimizga to'g'ri keldi va bugun bizning emas, ularning kuni edi — biroq biz mag'lubiyatda ham, g'alabada ham o'zimizni bir xil tutishga harakat qilamiz. Muvaffaqiyat qozonganimizda qanday bo'lgan bo'lsak, yutqazganimizda ham shunday qolishga intilamiz. Yaxshi, biz mag'lubiyat achchig'ini kamdan-kam his qilganmiz, ammo o'z qadr-qimmatimizni saqlab qolamiz; qatiyatimizni yo'qotmaymiz — mart oyida bizni chorak final kutmoqda va biz ushbu pley-offga g'alaba qozonish hamda turnirni yutish vazifasi bilan chiqamiz.

Barchaning Ispaniyani mag'lub etishni istashi — bu maqom ko'rsatkichi. Bu "final" edi va bunday uchrashuvlarda xatosiz harakat qilish, optimal holatda bo'lish zarur, aks holda Angliya, Franciya, Portugaliya yoki Italiya kabi raqib bundan foydalanib ketishi mumkin.

Men keyingi haftada futbolchilarim bilan yana uchrashishni xohlardim, chunki hozir kiyinish xonasida xafa bo'lib o'tirgan o'yinchilar bo'lsa, yaqin kunlarda ularga: "Yigitlar… nimalarga erishganingiz ko'lamini, bu naqadar qiyin bo'lganini va bundan qanchalik faxrlanishingiz kerakligini anglab eting", deb aytish imkoniyatiga ega bo'lishni istardim. Ammo endi mart oyigacha kutishimga to'g'ri keladi", — deydi de la Fuentening so'zlarini UEFA rasmiy sayti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing