So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

15 noy 18:41
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Kuchlilar Farg'onada aniqlandi

12-15 noyabr kunlari Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida milliy sport turimiz - belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining taqvim-rejasiga muvofiq tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin eng sara poovonlar  vazn toifalari bo'yicha g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqaning birinchi kunida erkaklar belbog'li kurashning klassik yo'nalishi bo'yicha 9 ta vazn toifasida kuch sinashgan bo'lsa, keyingi kunlarda erkaklar va ayollar erkin yo'nalishdagi bellashuvlarda ishtirok etishdi.

SHuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Unda Farg'ona viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Nodirjon Hakimov hamda belbog'li kurash bo'yicha kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov so'zga chiqib, ishtirokchilarni qutlashdi va ularga bellashuvlarda omad tilashdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida umumjamoa hisobida eng ko'p medallarni qo'lga kiritgan Farg'ona viloyati jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin Namangan viloyati polvonlariga nasib etgan bo'lsa, Toshkent viloyati jamoasi uchinchi o'rinni band etdi.

SHu tariqa, milliy sportimiz rivojiga xizmat qiluvchi mazkur musobaqa kuchli polvonlarni aniqlash va mamlakat milliy terma jamoasiga munosib nomzodlarni aniqlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo'ldi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing