15 noy 17:39
Yangiliklar
Futbol
"Real Madrid" etakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Diario AS xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manba malumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining yangi shartnomasi xavbek uchun yanada manfaatliroq moliyaviy shartlar asosida imzolangan.
Bellingem Madrid klubiga 2023 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" jamoasidan 103 million evro evaziga o'tgan. "Real" tarkibida xavbek CHempionlar ligasi g'olibi, Ispaniya chempioni va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan.

Havola :
Fikrlar